2020 yilning 17 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro O.T. turmush o‘rtog‘ining ish bilan bog‘liq holatda vafot etgani uchun kompensasiya undirilishini so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Matbuot xizmati "Aniq.uz"ga xabar berdi.
Murojaatni o‘rganish davomida aniqlanishicha, Xalq bankining sobiq kassiri, marhuma M.T. 1989 yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning 2 nafar voyaga yetmagan farzanlari bo‘lgan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish hamda karantin munosabati bilan sayyor kassa xizmatini ko‘rsatish maqsadida AT Xalq banki Jizzax viloyati filialining 2020 yilning 21 avgust kungi buyrug‘i bilan marhuma M.T. hamda 20 dan ortiq xodimlar 22-23 avgust kunlari ishga jalb qilingan. 22 avgust ya’ni shanba kuni esa sobiq bank xodimasi ishga ketayotgan vaqtida avtohalokat tufayli voqea joyida vafot etgan.
Bir necha oydan so‘ng, marhumaning turmush o‘rtog‘i Jizzax viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga rafiqasining ish vaqtida bevaqt vafot etganligi sababli ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdorining undirilishini so‘rab murojaat qilgan. Lekin, “Xalq sug‘urta” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sug‘urta kompaniyasi bir necha marotaba xodimning ishga kelayotgan vaqti ish vaqti hisoblanmasligi vaji bilan sug‘urta qoplamasini to‘lab berishdan bosh tortgan.
Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklarga chalinishi yoki salomatliklikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”da “Ish beruvchi ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek ish beruvchi bergan transportda ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimning sog‘ligiga mehnat jarohati bilan yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi” deb belgilangan.
Shundan so‘ng, Ombudsman sodir bo‘lgan mazkur baxtsiz hodisaga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy baho berish va kompensasiya undirilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat qildi.
Murojaat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilib, sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa mehnat vazifasini bajarish bilan bog‘liq deb topildi hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Vanihoyat, sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, marhumaning turmush o‘rtog‘i O.T. foydasiga “Xalq banki” Jizzax filialidan sal kam 218 mln so‘m bir yo‘la to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa hamda 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun ular 16 yoshga to‘lgunlarigacha har oyda 756 ming so‘mdan zarar undirilishi belgilandi. Agarda bolalar kunduzgi o‘qishni davom ettirsalar, har oylik summa, ular 18 yoshga kirgunlariga qadar undiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Украина Қуролли Кучлари 3-штурм бригадаси қўмондон ўринбосари Андрей Жорин фронтдаги вазиятни «жуда оғир» деб баҳолади ва ёз ҳамда куз ойларини мураккаб давр сифатида тасвирлади.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.