Ollohshukur Poshozoda Eron elchixonasi oldidagi terakt haqida: " Endi bildikki, ular bizning birodarlarimiz emas, Armanistonning birodarlari"

Ollohshukur Poshozoda Eron elchixonasi oldidagi terakt haqida: " Endi bildikki, ular bizning birodarlarimiz emas, Armanistonning birodarlari"

Kavkaz musulmonlari rahbari Ollohshukur Poshozoda Ozarbayjonning Erondagi elchixonasida sodir etilgan teraktdan so‘ng endi Eronni Ozarbayjonning birodari demoqchi emasligini aytdi:

“Ozarbayjonning Erondagi elchixonasida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoralaymiz. Bugun yurtimizdagi barcha din vakillari hamdardlik bildirdi. Bu Ozarbayjonda bag‘rikenglik va milliy birlik borligini ko‘rsatadi. O‘zimiz qardosh deb bilgan Erondan shahid olib keldik. Endi bildikki, ular bizning birodarlarimiz emas, Armanistonning birodarlari. Prezident Ilhom Aliyev ta’kidlaganidek, sodir bo‘lgan voqea teraktdir. Masala yaxshilab tekshirilishi va dunyo haqiqatni bilishi kerak. Eronda 40 millionga yaqin ozarbayjonliklar rejim asirida”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!