Fransiyalik olimlar koronavirusning qandli diabetdan aziyat chekuvchi insonlarga ta’siri borasida birinchi tadqiqotni o‘tkazdi. Bunday tashxis qo‘yilgan har o‘ninchi bemor uchun COVID-19 halokatli ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qiladi Diabetologia.
Tadqiqot natijasida olimlar 2020 yilning martidan beri COVID-19’dan davolangan 1317 nafar qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqdi. 89 foiz bemorda ikkinchi darajali qandli diabet bo‘lgan. Kuzatishlarga ko‘ra, oradan bir hafta o‘tgach, bemorlarning 20 foizi sun’iy nafas oldirishga muhtoj bo‘lgan, 10 foizi esa vafot etgan.
Materiallarda ta’kidlanishicha, davolanishga kelgan diabet bilan og‘ruvchi insonlarning 65 foizini erkaklar tashkil etgan, ularning o‘rtacha yoshi — 70 da.
«Olimlar qondagi shakar miqdorining darajasi bemorning prognoziga ta’sir qilmasligini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, diabet asoratlari va keksalik o‘lim holatining oshishiga olib keladi», — deya hisoblaydi olimlar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqotda birinchi darajali qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlar soni ko‘p bo‘lmagan, biroq ular orasida 65 yoshgacha bo‘lganlarning birortasida o‘lim holati kuzatilmagan.
«Agar faqatgina o‘lim holati baholansa, u diabeti bor erkaklarda ayollarga nisbatan yuqori», — deydi tadqiqot mualliflari.
Ayni vaqtda jamoa tadqiqotni davom ettirib, qandli diabeti bor 3 mingga yaqin bemor ishtirokida o‘tkazilgan natijalarni e’lon qilish niyatida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.