Olimlar erta o‘lim xavfini oshiradigan ichimlikni aniqlashdi

Olimlar erta o‘lim xavfini oshiradigan ichimlikni aniqlashdi

Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar erta o‘limga olib kelishi mumkin. Bu haqda Live Science nashri xabar qildi.

Tadqiqotda Yevropaning 10 ta davlatidan yevropaliklar ishtirok etdi. Sinovga 450 ming ko‘ngillilar jalb qilindi. Statistik ma’lumotlar 16 yil davomida to‘plandi.

Ekspertlar iste’mol qilinadigan mahsulotlar, bo‘y, og‘irlik, turmush tarzi va zararli odatlarning borligiga e’tibor qaratishdi.

Olimlar noxush xulosaga keldi: shakarsiz yoki shakar o‘rnini bosadigan moddalar bilan alkogolsiz ichimliklarni iste’mol qilish erta o‘lim xavfini 17 foizga oshiradi.

Shu bilan birga, shakarli gazli suvni afzal ko‘rganlar, ko‘pincha ovqat hazm qilish tizimi kasalliklaridan, parhez suvini yaxshi ko‘radiganlar esa yurak va qon tomirlari kasalliklaridan aziyat chekadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!