Oilada farzand tarbiyasi: CHIROYLI ISM QO‘YISh

Oilada farzand tarbiyasi: CHIROYLI ISM QO‘YISh

TAHNIK QILISh

 

«Tahnik» degani biror shirinlikni (masalan, xurmo) chaynab yoki ezib, oz miqdorda barmoqqa olib bolaning og‘ziga surib qo‘yish, degani. Bizda bunga «tanglay ko‘tarish», deyiladi. Bundan murod, bolaning birinchi bo‘lib totadigan narsasi shirinlik bo‘lsin va ona ko‘kragiga tezda yopishsin.  Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yashagan joyda mashhur shirinlik va quvvat beruvchi meva xurmo bo‘lgani uchun tahnik asosan shu meva bilan qilingan.

عن أبي موسى رضى الله عنه قال ولد لى غلام فأتيت به رسول الله صلى الله عليه و سلم فسماه إبراهيم وحنكه بتمرة ودعا له بالبركة ودفع إلي

Abu Muso (roziyallohu anhu) aytadilar: «O‘g‘lim tug‘ilganida uni ko‘tarib Payg‘ambarimiz (alayhissalom) huzurlariga bordim. U zot unga «Ibrohim» deb ism qo‘ydilar, xurmo bilan tahnik qildilar. Baraka tilab duo qildilar va menga uzatdilar».

Hadisdan ko‘rinib turibdiki, farzandga ism qo‘yish, tahnik qilish, bola haqiga yaxshiliklarni Alloh taolodan duo qilib so‘rash yaxshi amallardan ekan. Bu ishlarni ilmli, taqvoli, fazilatli kishilar amalga oshirishi, ayniqsa, muhimdir.

 

CHIROYLI ISM  QO‘YISh

Bolaga chiroyli ism qo‘yish ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyatlaridan hisoblanadi. Islom tarixida bo‘lib o‘tgan ajoyib hodisalardan xabardor har bir ota-ona qanday sharoitda bo‘lmasin, farzandiga chiroyli, ma’nosi ham go‘zal ism qo‘yishga harakat qiladi. Zero, ism o‘z egasining xulq-atvoriga, hatto taqdiriga ham ta’sir qilishi aytilgan. Qiyomat kuni har bir inson o‘z ismi bilan chaqiriladi.

عن أبي الدرداء قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: إنكم تدعون يوم القيامة بأسماءكم وأسماء أباءكم فأحسنوا أسماءكم

Abu Dardodan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: «Batahqiq, qiyomat kuni sizlar o‘z ismlaringiz va otalaringiz ismlari bilan chaqirilasizlar. Bas, (shundoq ekan) ismlaringizni go‘zallashtiring!»

Bola tug‘ilganida ko‘pincha ota-onalar unga qanday ism qo‘yishga o‘ylanib qolishadi. Lekin ko‘p bosh qotirmay, ma’nosi g‘aliz, tumtaroq ismlarni qo‘yib yuborishadi. Shu qo‘yiladigan ism bola bilan nafaqat foniy dunyoda, balki qiyomatda, jannat yo do‘zahda ham birga bo‘ladi. Bu mavzuga aloqador hadislarda aytiladi:

عن ابن عمر أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: إن أحب أسماءكم إلى الله عبدالله و عبد الرحمن

Ibn Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Darhaqiqat, Alloh taologa eng yoqadigan ismlaringiz “Abdulloh” va “Abdurrohman”», dedilar.

Hadisda ism qanday bo‘lishi kerakligi ochiq bayon qilingan. Kishi o‘zining Alloh taologa suyukli ekanini bildirmoqchi bo‘lsa, «Abdu…» bilan boshlanadigan ismlarni qo‘ysin, chunki bunday ismlar inson Alloh taoloning quli ekanini hamisha bildirib turadi. 

Boshqa bir hadisda bunday kelgan:

عن أبي وهب الجشمي قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم تسموا بأسماء الأنبياء, وأحب الأسماء إلى الله عبد الله و عبد الرحمن وأصدقها حارث وهمام وأقبحها حرب و مرة

Abu Vahb aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: «Payg‘ambarlarning ismlarini olinglar, Alloh taologa eng yoqadigan ismlar “Abdulloh” va “Abdurrohman”dir,  eng sadoqatlisi “Horis” va “Hammam”dir, eng yomoni “Harb” (urush) va “Murra” (achchiq)dir».

O‘g‘il bolalarga payg‘ambarlarning (alayhimussalom) muborak ismlarini qo‘yish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) ismlaridan «Muhammad», «Ahmad» kabilarni qo‘yish fazilatlidir, ammo u kishining kunyalari bilan «Abulqosim» deb ism qo‘yish joiz emas.

Payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissalom) yomon va xunuk ismlarni o‘zgartirishga buyurganlar. Masalan, hazrat Umarning (roziyallohu anhu) qizlari Osiya (gunohkor) ismini Jamila (chiroyli, go‘zal) deb o‘zgartirganlar. Hadislarda yana u zotning «Harb» (urush), «Murra» (achchiq) kabi xunuk ismlarni yaxshisiga almashtirishni buyurganlari naql qilingan.  

Shu o‘rinda Umar ibn Hattob (roziyallohu anhu) davrlarida bo‘lib o‘tgan ajoyib voqeani esga olib o‘tish foydadan xoli emas.

Umar ibn Hattob huzurlariga bir kishi kelib, o‘g‘lini oq qilganini aytdi. Umar (roziyallohu anhu) o‘g‘lini chaqirtirib, otasi oq qilganini bildirgach, otasining haqlariga rioya qilmagani uchun unga tanbeh berdilar. Shunda u yigit: «Ey mo‘minlar amiri, otaning ustida bolaning haqlari yo‘qmi?» dedi. «Bor», deb javob qildilar hazrat Umar (roziyallohu anhu). «Ular qaysilar?» dedi yigit. «Ota bolasiga yaxshi ona topishi, chiroyli ism qo‘yishi va Qur’onni o‘rgatishidir», dedi hazrat Umar. «Bo‘lmasa, otam hech narsa qilgani yo‘q ekanda. Onam bir majusiy qo‘lida qora ishchi bo‘lib ishlayapti. Ismim Xunfuso (go‘ng titadigan qo‘ng‘iz ma’nosini anglatadi). Qur’onning esa biron harfini bilmayman, otam o‘rgatmadi», dedi yigit.

Shunda Umar (roziyallohu anhu) yigitning otasiga: «Oldimga kelib o‘g‘lingni oq qilmoqchi bo‘lding, vaholanki, u seni oq qilishi kerak ekan-ku! U gunoh qilishidan oldin sen gunoh qilibsan», dedilar.

Farzandga yaxshi ism qo‘yganidan keyin uni chala-yarim qilmay, to‘liq va go‘zal talaffuz qilish lozim. Afsus, ba’zi oilalarda ismni qisqartirib chaqirish odat tusiga kirgan. Masalan, «Abdulloh»ni (Allohning bandasi) «Abdi», «Abdul» deyishadi, bu ish ism egasiga ham, Parvardigorga ham katta hurmatsizlikdir.  

 

BOLANING SOCHINI OLISh

Bola tug‘ilganidan keyin yetti kun o‘tgach, uning sochi olinib, o‘lchanadi, shu miqdorda faqirlarga kumush sadaqa qilish sunnat amal hisoblanadi. Buning ikki hikmati bor. Birinchisi, bolaning sog‘lom o‘sishi, kuch-quvvatga to‘lishi, ko‘rish, hid bilish va eshitish kabi sezgi turlari mukammal bo‘lishi uchundir. Ikkinchisi, ijtimoiy hikmat bo‘lib, jamiyatda bola o‘z o‘rnini topishi, ijtimoiy adolatning qaror topishi va bolaning kelajakda qo‘li ochiq bo‘lishi uchundir.

Imom Molik «Muvatto» asarida bunday degan: «Fotima (roziyallohu anho) Hasan va Husayn, Ummu Gulsum va Zaynablarning sochlarini olib, o‘lchab, shu miqdorda kumush sadaqa qilganlar».

Abdulloh ibn Abu Bakrdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Hasanga bir qo‘chqor so‘yib aqiqa qildilar va Fotimaga: “Uning sochini ol va shu miqdorda sadaqa qil”, dedilar. Uning vazni bir dirham yoki bir necha dirham miqdorida edi».

Kitoblarda qiz bolaning sochini oldirmaslik kerakligi aytilgan. Ulug‘larimiz qiz bolaning sochini hatto yoshligida kesishdan ham qaytarishgan.

 

AQIQA QILISh

«Aqiqa» lug‘atda kesish degan ma’noni anglatadi. U «aqqa» so‘zidan olingan bo‘lib, shar’iy istilohda chaqaloq tug‘ilganining yettinchi, o‘n to‘rtinchi, yigirma birinchi kuni yoki keyinroq farzand shukronasi va jonining garovi sifatida qo‘y so‘yib qilinadigan «aqiqa»ni anglatadi. Arablarda yangi tug‘ilgan chaqaloqning boshidagi soch «aqiqa» deyilgani uchun uning sochi ham olinadi. Aqiqa evaz, garov bo‘lib, bolaga yetadigan balo, tuzalmas kasalliklar evaziga uning nomidan biror jonliqni so‘yib, sadaqa qilishdir.

Bu haqda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar:

قال النبي عليه السلام: مع الغلام عقيقة فأهريقوا له دما و أميطوا عنه الأذى

«Yangi tug‘ilgan bolaga aqiqa qilinglar, qon oqizib, aziyatlarini daf qilinglar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Boshqa hadisda:

و روى أصحاب السنن عن سمرة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «كل غلام رهينة بعقيقته، تذبح عنه يوم سابعه، و يسمى ويحلق رأسه».

«Sunan» egalari Samradan rivoyat qilishadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Aqiqa bolaga garovdir. Yettinchi kuni qo‘y so‘yiladi, ism qo‘yiladi va sochi olinadi”, dedilar».

Aqiqaning yana bir fazilati – tug‘ilgan chaqaloq yoshiga to‘lmasdan vafot etadigan bo‘lsa, jannat erkatoyi bo‘ladi. Ya’ni, qiyomat kuni «onam jannatga kirmasa, men ham kirmayman», deydi. «Onang kirdi, endi jannatga kir», deyilsa, «otam kirmagunicha kirmayman», deb turib oladi. Balog‘atga yetmay vafot etgan bolalar jannatiy hisoblanishadi.

Aqiqaning bir necha foyda va hikmatlari bor:

  1. Jonliq so‘yish tufayli Allohga yaqinlik hosil qilinadi.
  2. Bolani musibat va ofatlardan asraydi, inshaalloh.
  3. Bolaga garov bo‘ladi.
  4. Mo‘minlar soni ko‘paygani uchun xursandchilik paydo qiladi.
  5. Yangi tug‘ilgan bolaga qilingan ziyofat tufayli kishilar orasida mehr-oqibat kuchayadi.
  6. Bolaning sochi miqdorida qilingan sadaqa sababli jamiyatda tenglik paydo bo‘ladi.

Shu o‘rinda shariat joriy qilgan ba’zi ziyofatlarning nomlarini ma’lumot uchun keltirib o‘tishni ma’qul ko‘rdik:

Qiroh – yoz ziyofati.

Tuhfa – mehmon kelsa beriladigan ziyofat.

Xars – tug‘ruqdan keyin beriladigan ziyofat.

Ma’daba – taklif qilinganida beriladigan ziyofat.

Valima – to‘y ziyofati.

Aqiqa – farzand tug‘ilganidan keyin yetti kun o‘tib beriladigan ziyofat.

G‘adira – bola xatna qilinganida beriladigan ziyofat.

Vazima – azadan so‘ng beriladigan ehson.

Naqiha – safardan qaytganida beriladigan ziyofat.

Vakira – imorat bitganida beriladigan ziyofat.

Shu o‘rinda bir narsani aytish kerak, odamlarning topish-tutishlari har xil bo‘lgani uchun ba’zilar aqiqa qilolmasliklari mumkin. Shu bois qurbi yetmaydiganlardan aqiqa soqit bo‘ladi. Qo‘y o‘rniga xo‘roz yoki boshqa jonliq so‘ydiraman desa, aqiqa o‘rniga o‘tmaydi, chunki hadisda aytilgan jonliqning miqdori eng kam e’tiboridadir. Ya’ni, undan kichikroq narsa aqiqa hukmiga kirmaydi. Chunki aqiqa qurbonlikka o‘xshash bir amaldir.

Hozirgi paytda ayrim joylarda o‘g‘il bolalarga aqiqa qilinadi-yu, ammo qizlarga aqiqa qilishga uncha ahamiyat berilmaydi. Bu ish noto‘g‘ri. Holbuki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bolaning ofat va kasalliklardan omonda bo‘lishi aqiqaga bog‘liqdir», deganlar.

 

O‘G‘IL BOLANI XATNA QILISh

«Xatna» deb lug‘atda terini kesishga aytiladi. Shariat istilohida esa, bola zakarining uchini kesishga aytiladi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu xususda shunday marhamat qilganlar:

روى الامام احمد فى مسنده من حديث عمار بن ياسر قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «من الفطرة: المضمضة، والإستنشاق، و قص الشارب، والسواك، وتقليم الاظافر، ونتف الابط، والاستحداد، والإختنان.

Imom Ahmad o‘z «Musnad»ida Ammor ibn Yosirdan rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Etti narsa fitratdandir: og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish, burunni chayish, mo‘ylabni qisqartirish, misvok tutish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiqlar tagini, kindik ostini pok tutish va xatna qilish», dedilar.

Payg‘ambarimiz (alayhissalom) aytdilar:

الختان سنة للرجال

«Xatna erkaklarga sunnatdir».

Xatnaning zarari yo‘q, aksincha, foydasi bor, tibbiyot mutaxassislari ham buni tavsiya qilishadi.

Farzandga munosib ota va ona tanlash, bola emizish, uning qulog‘iga azon aytib, ism qo‘yish, sochini olish, aqiqa qilish masalalarining umumiy tasnifotiga kitobimizning “Farzandlik burchi va vazifalari” bobida ham qisqa to‘xtalib o‘tamiz.

Manba: muslim. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mudofaa vazirligi murojaat bilan chiqdi

Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлигининг асосий тадбирлар режасига мувофиқ Шарқий ҳарбий округ ҳудудида режавий машғулотлар амалга оширилмоқда.

O‘zbekistonlik bokschi hakamlar qurboniga aylandi (foto)

Кеча Саудия Арабистони пойтахти Ар-Риёд шаҳрида Riyadh Season доирасида навбатдаги профессионал бокс турнири бўлиб ўтди.

Buyuk Britaniya Putinga «eng zamonaviy» qanotli raketalar bilan xabar yubordi

Мудофаа вазири Люк Поллард СПEАР ракетаси муваффақиятли синовдан ўтказилганини «Буюк Британия Қуролли Кучлари салоҳиятида сезиларли сакраш» деб таърифлади.

Dunyoning tabiiy zaxirlari qiymati bo‘yicha eng boy 10 mamlakati

Германиянинг Statista компанияси маълумотларига кўра, табиий захиралари қиймати бўйича энг бой мамлакат — Россия. Мамлакатнинг табиий бойликлари 75 трлн долларга баҳоланган.

Filipp Kirkorov qidiruvga berildi

У Россия халқ артисти унвонига эга.

Mayk Tayson jang oldidan raqibiga tarsaki tushirdi

Майк Тайсон ва Жейк Пол ўртасидаги жанг Арлингтон (АҚШ)даги 80 000 ўринли АТ&Т стадионида бўлиб ўтади.

Gurulev AQShni yadroviy kulga aylantirmoqchi

Шундан сўнг, депутатнинг сўзларига кўра, ҳеч ким Россияга ATACMS ёки "Storm Shadow" ракеталарини отишни хоҳламайди.

Eron yetakchisi Ali Xomanaiy komada

Турли оммавий ахборот воситалари Эрон олий раҳбари Али Хоманаий комада эканлиги ва унинг аҳволи оғир деб баҳоланаётгани ҳақида хабар бермоқда.

2025 yilda «Real»ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Карло Анчелотти 2025 йил ёзида «Реал Мадрид»дан кетганидан сўнг, унинг ўрнини Хаби Алонсо (ҳозир «Байер»ни бошқармоқда) эгаллайди. Бу ҳақда Vprognoze.ru журналист Флориан Плеттенбергга асосланиб хабар берди.

Charchagan Isroil askarlari xizmat qilishdan bosh tortdi

Исроил армияси заҳирадаги кучлар, жумладан, Ғазо ва Ливандаги жангларда қатнашаётган ҳарбий жанговар бўлинмалар сони сезиларли даражада қисқарганидан хавотирда, деб хабар бермоқда Исроилнинг Ynet портали.

Prezidentdan “dux” olgan Omonboyevaga sud hukmi o‘qildi

У Навоий шаҳар ҳокими номидан фойдаланган ҳолда тадбиркорнинг кўп миқдордаги пулини қўлга киритган.

Mitxun Chakraborti musulmonlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

«Сизларни (мусулмонларни) бўлак-бўлак қилиб, мурдаларингизни дарёга эмас, ерларингизга ташлаймиз».

Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.

Alisher Usmonov nomzodini 103ta davlat qo‘llab-quvvatladi

Расмий сайлов маросими 30 ноябрь куни Тошкент шаҳрида бўлиб ўтади.

Bugun kechqurun va kunduzi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Бугун тунда Республикамизнинг кўплаб ҳудудларида ёмғир бошланади ва тушгача давом этади. Ёғаётган ёмғир қорга айланиш эҳтимоли бор.

Zelenskiy ukrainaliklarni vahima qilmaslikka chaqirmoqda

Украинада ваҳима тарқалди.

O‘zbekiston Osiyodan JCH-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar

Осиёда 2026 йилги жаҳон чемпионати ҳал қилувчи саралаш босқич 6-тур ўйинларидан кейин We Global Football портали миллий жамоаларнинг океан ортидаги турнирга бориш имконияти фоизларини янгилади.

Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni: «Xush kelibsiz, Uchinchi jahon urushi boshlandi...»

Россия иттифоқчилари Украинага қарши урушда бевосита иштирок этганидан сўнг, Учинчи жаҳон уруши бошланди, деб ҳисоблайди Украинанинг Буюк Британиядаги элчиси, Украина Қуролли кучларининг собиқ бош қўмондони Валерий Залужний.

Rossiya Ukraina hududiga qit’alararo ballistik raketalarida zarba berdi

Россия Украина ҳудудига қитъалараро баллистик ракеталарида зарба берди. Бу ҳақда Украина Қуролли кучлари маълум қилди.

Kiyev g‘azabda: G20 Rossiyani tanqid qilishdan bosh tortdi

G20 нинг аввалги шунга ўхшаш саммитларидан фарқли ўлароқ, бу учрашувда улар Москвани қораловчи сўзлардан ва Украинада эрта сулҳ тузишга чақиришдан қочишга қарор қилишди.

Rossiya yana bir dahshatli quroldan foydalandi: Oreshnik

Россия президенти Владимир Путин Россия ҳудудига ATACMS ва Storm Shadow ракета зарбалари билан боғлиқ махсус мурожаатида Россия армияси Украинани энг янги ўрта масофали ракета тизимларидан бири - «Орешник» деб номланган ядросиз баллистик ракета билан урганини хабар қилди.

Zelenskiy: Ukraina butun hududini tiklash uchun kutishi mumkin

Украина президенти Владимир Зеленский сешанба куни Владимир Путин Кремлда қолса, Киев ўз ҳудудининг бир қисмини вақтинча Россия томонидан босиб олинишига рози бўлиши мумкинлигини айтди.

Zelenskiy devonida yadroviy qurol haqida bayonot berildi

Россияни мағлуб этиш учун Киевга бугун урушнинг кейинги босқичи эмас, балки тегишли миқдорда юқори технологияли қуроллар керак, деди Украина президенти девони раҳбари маслаҳатчиси Михаил Подоляк.

Makron: Putin "aqlga quloq solishi," Xitoy "ta’sir o‘tkazishi" kerak

Макроннинг изоҳлари Россия сўнгги ойларда бир неча бор таҳдид қилган ядровий доктринасини юмшатиш ҳақида эълон қилганидан бир неча соат ўтиб келди.

YUNRVA bosh kotibi: G‘azo bolalar qabristoniga aylandi

Ғазо болалари ўлдирилмоқда, яраланмоқда, қочишга мажбур бўлмоқда, хавфсизлик ва таълимдан маҳрум бўлмоқда.

Rossiya Britaniyaning “Storm Shadow” raketasini ham, AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv raketasini ham yo‘q qildi

ОАВ хабарларига кўра, чоршанба куни Украина Буюк Британиядан Россиядаги нишонларга “Storm Shadow”ни йўналтириш учун рухсат олди.

Baxt kulib boqdi: «Xitoyda juda katta oltin koni topildi

Хитойнинг марказий қисмидаги Хунан провинциясида «ўта йирик олтин кони» топилди, дея хабар беради вилоят геология бюроси.

Rossiya Polshada AQSh bazasi ochilganidan keyin «yadroviy xavf» kuchayishi haqida ogohlantirmoqda

Полша Россияга жавоб қайтарди.

Angela Merkel Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish taklifini sekinlashtirgan

Меркел янги хотираларида Украинанинг НАТОга аъзо бўлиш таклифини секинлаштирганини эслатади.

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning 4,65 milliard dollarlik qarzidan kechish niyatida, - Bloomberg

АҚШ президенти Жо Байден маъмурияти Конгрессга Украинанинг 4,65 миллиард долларлик кредитининг ярмини бекор қилишни режалаштираётганини айтди, деб хабар беради Bloomberg.

Toshkentdagi “International” mehmonxonasini esa “Smart Fast Stroy” MCHJ 26 mln.AQSh dollariga sotib olibdi

Smart Fast Stroy компанияси ўтган йили ташкил этилган бўлиб, у Мирзо Улуғбек туманидаги 1 гектар ер участкасини 48 млрд сўмга сотиб олган эди. (https://t.me/davletovuz/18544)

Bayden ma’muriyati Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzidan kechishni rejalashtiryapti – Bloomberg

АҚШ президенти Жо Байден маъмурияти Конгрессга Украинанинг 4,65 миллиард долларлик қарзини бекор қилишни режалаштираётганини маълум қилди.

Isroil qamoqxonalarida qancha falastinlik bola bor?

Исроил қамоқхоналарида камида 270 нафар бола ушлаб турилибди. Бу ҳақда TRT нашри Фаластиннинг маҳбуслар ишлари бўйича идорасига таяниб хабар берди.

Tramp hukumatga qaytdi. Endi muhojirlarning taqdiri nima bo‘ladi?

Сайланган президент Доналд Трамп миллионлаб одамларни депортация қилишни ваъда қилганидан сўнг, муҳожирлар, уларнинг иш берувчилари ва ҳуқуқ ҳимоячилари вазиятга тайёргарлик кўришни бошладилар.

Anqara Vashingtonga taklif bilan chiqdi

Вашингтон ҳозирча Анқаранинг таклифига жавоб бермаган.

Kim Chen In Putinga o‘zining eng yaxshi generallaridan birini yubormoqda

Жанубий Кореянинг Мудофаа таҳлили институти илмий ходими Чон Ген Чжунинг маълум қилишича, илгари бу генерал 200 мингга яқин кишидан иборат махсус куч бўлинмасига қўмондонлик қилгани ва Корея ярим оролида уруш бўлса, махфий топшириқларни бажариши керак бўлгани учун оммага танилмаган шахс бўлган.

Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta Britaniyaning Storm Shadow raketalari bilan Rossiya hududiga zarba berdi — Bloomberg

Агентликка бу ҳақда Ғарбнинг номини ошкор этмаган расмийси маълум қилди.

Pezeshkian Rim papasidan Isroilga ta’sir o‘tkazishni so‘radi

Эрон президенти Масуд Пезешкиан чоршанба куни Рим папаси Франциск Биринчига мурожаат йўллади.

Lukashenkodan kechirim

Лукашенко 30 дан ортиқ кишини кечиришга қарор қилди.

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 411 kun bo‘ldi

24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.