Odamlarga shunchaki pul tarqatsa, nima bo‘ladi?
"Istalgancha qog‘oz pul bosmadan chiqarib odamlarga tarqatsa hammaga yaxshi bo‘lmaydimi?", - degan savolga Rossiya Rossiya Banki (Markaziy bank) rahbari Elvira Nabiulina javob berdi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, bunday holda iqtisodiyot o‘sishi bo‘lmaydi, faqat nflyasiya miqdori oshadi xolos. Bu esa negativ holatlarga olib kelishi aniq.
“Markaziy Bankning pul-kredit siyosati faqat iqtisoddagi talabga ta’sir qiladi. Shunchaki pul bosmadan chiqarib uni odamlarga tarqatsa, talab miqdori oshadi, lekin taklif o‘zgarmaydi. Oqibatda iqtisod o‘sishi o‘rniga faqat inflyasiya o‘sadi”, - dedi mutaxassis "Komsomolskaya pravda" nashriga bergan intervyusida.
Shu sababli ham MB asosiy stavkasini nol darajasiga tushirish ham xavfli hisoblanadi. Bunda banklar tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘lar miqdori keskin oshadi va iqtisodga juda ko‘p mablag‘ kiritila boshlaydi. Bu ham oqibatda inflyasiya o‘sishiga olib keladi.
“Inflyasiya ikki xonali songa yetsa, buning bir necha og‘ir oqibatlari bo‘lishi mumkin. Birinchidan, rubl kursi keskin tushib ketadi, chunki odamlar jamg‘armalarini inflyasiyadan saqlab qolish uchun boshqa valyutalarga o‘tkazishni boshlaydi. Ikkinchidan, biznes o‘z rivojlanishiga pul tikishni to‘xtatadi, chunki inflyasiya uzoq muddatga rejalashtirishga xalal beradi”, - dedi MB raisi.
“Rivojlangan davlatlarda odamlar va biznes inflyasion kutishlari “qotirilgan”. Ular narxlar o‘zgarmasligiga o‘rganib qolishgan. Ular 50 yildan buyon ana shunday tizimda yashab kelishmoqda va o‘z hukumatiga ishonadi. Shuning uchun ham hech kim magazinga yugurmaydi. Biror o‘sish bo‘lsa ham, hammasi darhol joyishga tushadi” – dedi Nabiulina.
MB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda ham yuqori darajali inflyasiya bo‘lsa ular ham asosiy stavkani oshirishadi. Lekin ular uchun bu muammoga aylanishi mumkin, chunki yillar davomida yig‘ilib qolgan qarzlar bor. Bunday holda ushbu qarzlarga xizmat ko‘rsatish narxi keskin oshib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada inflyasiya so‘nggi bir necha yil davomida nisbatan past darajada qolmoqda. Xususan, 2015 yilda yillik inflyasiya miqdori – 12,9 % bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilda – 5,38 %, 2017 yilda – 2,52 %, 2018 yilda – 4,27%, 2019 yilda – 3,05%, va 2020 yilda - 4,91%ni tashkil qilgan. 2021 yilning yanvar - may oylarida o‘rtacha inflyasiya miqdori 5,5%ni tashkil qilmoqda. Yillik mo‘ljal – 4%.