Odam alayhissalomning qanday mo‘’jizalari bo‘lgan?

A A A
Odam alayhissalomning qanday mo‘’jizalari bo‘lgan?

Alloh taolo O‘z fazlu marhamati ila jamiki maxluqotni yaratgach, O‘zining yanada go‘zal ijodini namoyon etishga qaror qildi. U Odam alayhissalomni va uning avlodlarini yaratdi, ularni Yer yuziga tarqatib yubordi, so‘ng esa ularga haq yo‘lni ko‘rsatib, hidoyatga boshlovchi rasullarini yubordi. Alloh taolo muborak Kalomida:

وَلِكُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولٌ فَإِذَا جَاء رَسُولُهُمْ قُضِيَ بَيْنَهُم بِالْقِسْطِ وَهُمْ لاَ يُظْلَمُونَ

Har ummatning o‘z Payg‘ambari bordir. Qachonki ularga Payg‘ambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas” (Yunus, 47);

إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ بِالْحَقِّ بَشِيراً وَنَذِيراً وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خلَا فِيهَا نَذِيرٌ

Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki bo‘lsa, unda ogohlantirguvchi bo‘lgan” (Fotir, 24).

Har bir rasul va nabiy o‘z ummatiga Alloh taoloning haqiqatini yetkazgan. So‘zlarining rostligini tasdiqlash uchun ularga maxsus ilm va mo‘’jizalar ato qilingan. Mo‘’jizaning allaqanday sehrgarlik yoki fokusga aslo aloqasi yo‘q. U faqat Buyuk Yaratuvchining bemisl qudratini namoyon etish uchun Rabbimizning O‘zining irodasi ila sodir bo‘ladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan qilgan hadisi sharifda “Payg‘ambarlarning barchasiga odamlar ularning gaplari rostligiga ishonishi uchun maxsus bilimlar ato qilingan. Mening mo‘’jizam – Qur’oni karimdir. Umid qilamanki, Qiyomat kunida o‘tgan jamiki payg‘ambarlar ummatidan mening ummatimning soni ko‘p bo‘ladi” (Imom Buxoriy), deyilgan.

Insoniyatning otasi va birinchi payg‘ambar Odam alayhissalomga Alloh taolo ko‘plab mo‘’jizalar ato qilgan.

Odam alayhissalomning Alloh taoloning xalifasi bo‘lib yaralishi

Parvardigorimiz Odamni yaratib, uni yer yuziga O‘zining xalifasi etib tayinlashini farishtalariga xabar qilgani quyidagi oyati karimada bayon qilingan:

وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلاَئِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الأَرْضِ خَلِيفَةً قَالُواْ أَتَجْعَلُ فِيهَا مَن يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاء وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ قَالَ إِنِّي أَعْلَمُ مَا لاَ تَعْلَمُونَ

وَعَلَّمَ آدَمَ الأَسْمَاء كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلاَئِكَةِ فَقَالَ أَنبِئُونِي بِأَسْمَاء هَـؤُلاء إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ

قَالُواْ سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا إِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا إِنَّكَ أَنتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

قَالَ يَا آدَمُ أَنبِئْهُم بِأَسْمَآئِهِمْ فَلَمَّا أَنبَأَهُمْ بِأَسْمَآئِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ

Esla, vaqtiki Rabbing farishtalarga: "Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman", dedi. Ular: "Unda fasod qiladigan, qon to‘kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug‘lab turibmiz", dedilar. U: "Men siz bilmaganni bilaman", dedi. Va U zot odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qildi. Keyin: "Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, anavilarning ismlarini Menga aytib bering", dedi. Ular:"Ey pok Parvardigor! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo‘q. Albatta, Sening O‘zing biluvchisan va hikmatli zotsan", dedilar. U zot:"Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber", dedi. Ularga o‘sha narsalarning ismlarini aytib bergan chog‘ida, "Men sizlarga osmonlaru yerning g‘aybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim", dedi (Baqara, 30-33).

Yovvoyi hayvonlar bilan so‘zlashishi

Odam alayhissalomga yovvoyi hayvonlar bilan muomala qilish, ya’ni ularni qo‘lga o‘rgatib xonakilashtirish ilmini ham o‘rgatdi va unga ming yilga yaqin umr ato qildi. Shu vaqt mobaynida uning juda ko‘p avlodlari tug‘ildi va dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi. Odam alayhissalom ularning makonlariga borar va haq yo‘lidan saboqlar berar edi. Bir safar navbatdagi qabilaning maskaniga borib ulardan hol-ahvol so‘raganida, qabiladagilar o‘rmonda yashaydigan yirtqich hayvonlardan shikoyat qiladi.   

– Shu vaqtga qadar hayvonlar bu qadar shafqatsiz emas edi. Yirtqichlar bizga to‘satdan tashlanib qoladi, biz buning sababini bila olmayapmiz, – deydi ular. Shunda Odam alayhissalom tepalikka chiqib baland ovozda:

– Ey o‘rmondagi yovvoyi hayvonlar, tezda mening oldimga kelinglar, – deydi.  

Bu chaqiriqni eshitib, hayvonlar uning atrofida jam bo‘ladi.

– Bu odamlar mening bolalarim va avlodlarim! Siz nega ularga tashlanyapsiz, nega yashashiga qo‘ymayapsiz? Ular sizdan shikoyat qilmoqda, – deydi hayvonlarga.

– Bu qabila orasida g‘iybat va mish-mish avj olib ketdi. Alloh taoloning irodasi ila biz ularga jazo sifatida tushirildik, ular ana shu illatlaridan tavba qilmagunlaricha bu hol davom etaveradi, – deb javob qildi hayvonlar.

Bu javobni eshitgan qabila ahli hayratdan yoqa ushlab qoldi. Odam alayhissalom qabilaga yuzlanib:

– Ey bolalarim, qilgan gunohlaringizga tavba qiling va g‘iybatchilikka va mish-mishlarga barham bering, – deydi. 

Odamlar tavba qilib, hidoyat yo‘ilga tushib oldi va shundan keyin yirtqich hayvonlarning ular bilan ishi bo‘lmay qoldi.

Uzoq masofani qisqa vaqtda bosib o‘tishi

Odam alayhissalomning yana bir mo‘’jizasi – uning uzoq masofani qisqa vaqtda bosib o‘tishidir. Odam alayhissalom bilan Havvo onamiz yerga tushirilganda Alloh taolo ularni bir-biridan juda uzoq masofaga tushirgan: Havvo onamiz Arabiston yarimorolidagi hozirgi Jidda shahri hududiga tushgan bo‘lsa, Odam alayhissalom Shri-Lanka orollariga tushgan. Ular bir-biridan ayriliqda 40 yil (ayrim rivoyatlarda 200 yil) yashagan deyiladi. Nihoyat Alloh taolo ularning tavbasini qabul qilib, birlashishga izn berganida tong chog‘i yo‘lga chiqqan Odam alayhissalom peshin vaqti kirmasdan Havvo onamizning qoshiga yetib kelgan edi. Bunga o‘xshash hodisalar ularning hayotida ko‘p bo‘lgan va u bir necha bor Hindistonga borib kelgan.

Toshdan sizib chiqqan suv manbai

Oradan yillar o‘tdi, Odam alayhissalomning avlodlari soni tobora ko‘payib boraverdi. Ularning orasida ba’zilari haq yo‘lidan toyib ketdi va Alloh taoloning hukmlarini bajarishdan bo‘yin tovlay boshladi. Masalan, Odam alayhissalomning o‘g‘li Qobil va uning farzandlari qirq yil dindan uzoqda yashadilar. Qirq yildan so‘ng Alloh taolo Odam alayhissalomga:

– Qobilning avlodlarini haqqa da’vat et! – deb amr qildi.

Odam alayhissalom ularning qabilasiga borib haq yo‘liga da’vat eta boshladi. Ammo qanchalik harakat qilmasin, qavm uning gaplariga quloq solmadi. a nihoyat kunlarning birida ular bobokaloniga:

– Bizga  bir mo‘’jiza ko‘rsating, shundan keyin biz sizga ishonamiz, – dedilar.

– Aynan qanday mo‘’jiza ko‘rishni istaysiz? – deb so‘radi Odam alayhissalom.

Ular bir katta toshni ko‘rsatib:

– Ana shu toshdan suv chiqsin, – dedilar.  

Shunda Odam alayhissalom qo‘lini toshga qo‘ydi va toshdan tiniq va shirin suv otilib chiqdi. Bu mo‘’jizani ko‘rib ular imonga keldi va Odam alayhissalom sajda qilib avlodlari yashaydigan qishloqqa sersuv buloq ato qilgani uchun Alloh atologa hamdu sano aytdi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Quvayt aeroportiga AQShning Patriot havo mudofaa tizimi tomonidan hujum qilingan

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) вакили Ҳусайн Моҳеби маълум қилди.

Turkiyalik erkak dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi

Такало бу пуллар унинг ҳисобига қандай келиб қолгани ҳақида ҳеч қандай маълумотга эга эмаслигини айтди.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.