"Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi ijrosi amalda

"Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi ijrosi amalda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Guliston tumani Inoqlik mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy qilish, mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mahallada "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi doirasida Guliston tuman elektr ta’minoti tomonidan 4 km qismiga havo tarmog‘i tortish, 117 dona temir beton ustun va 2 dona transformator o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan, shundan hozirgi kunda 95 dona temir beton ustunlari olib kelindi va 82 dona temir beton ustunlari o‘rnatildi. Ayni kunlarda qolgan ustunlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!