Obameyang "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

Obameyang "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

"Barselona" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang klub ro‘yxatini o‘zgartirishga qarshi emas.

Oldinroq Londonning “Chelsi” klubi 33 yoshli hujumchi vakillari bilan aloqaga chiqqani, ammo hozircha hech qanday rasmiy taklif bilan chiqmagani ma’lum bo‘ldi.

Telegraph jurnalisti Mett Louning tasdiqlashicha, Obameyangning o‘zi ham London klubiga o‘tish variantiga qiziqish bildirmoqda.

Gabonlik futbolchi “Barselona” safida 23 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!