OAV: Xitoy mudofaa vaziri lavozimidan chetlatildi va tergov xavfi ostida

Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu o‘z lavozimidan chetlatildi va tergov xavi ostida.
Bu haqda Financial Times (FT) amerikalik uch amaldor va razvedka ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan ikki shaxsga tayanib yozmoqda.
FT vaziyatni "Pekin harbiy va tashqi siyosat idorasining elita a’zolari o‘rtasidagi tartibsizlikning so‘nggi belgisi" deb ataydi.
Bungacha Reuters agentligi Li Shanfu ikki haftadan ortiq vaqt davomida omma oldiga chiqmagani haqida xabar bergan edi. Vazir 7-8 sentyabr kunlari Vyetnam va Xitoy o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik bo‘yicha yillik yig‘ilishda ishtirok etishi kerak edi, biroq ikki kundan keyin “sog‘lig‘i sababli” safarni bekor qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)