OAV: Bayden G20 sammitida Rossiya va Xitoy yetakchilarining yo‘qligidan foydalanib qoladi

OAV: Bayden G20 sammitida Rossiya va Xitoy yetakchilarining yo‘qligidan foydalanib qoladi

AQSh prezidenti Jozef Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpinning G20 sammitida ishtirok etmasligidan Amerikaning rivojlanayotgan davlatlar bilan munosabatlarini yaxshilash uchun foydalanadi. Bu haqda CNN telekanaliga xabar berdi.

Nashrning yozishicha, joriy sammit rivojlanayotgan mamlakatlar va iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlanadi. Bayden, o‘z navbatida, bunday mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Rossiya va Xitoyning kuchayib borayotgan harbiy va iqtisodiy tajovuziga qarshi turishga e’tibor qaratish niyatida.

Qayd etilishicha, Baydenning G20 sammitida asosiy e’tibori Jahon banki va boshqa ko‘p tomonlama rivojlanish banklariga taklif etilayotgan islohotlar, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan institutlarni moliyalashtirishni oshirishga qaratiladi.

Ammo aniq islohotlardan tashqari, ma’muriyat rasmiylari Baydenning sammitdagi ishtiroki va uning banklarni mustahkamlashga e’tibor qaratishi Qo‘shma Shtatlarning bu mamlakatlarga sodiqligi haqida xabarlar yuborishiga umid qilmoqda.

“Bizning fikrimizcha, Qo‘shma Shtatlar muzokaralar stoliga o‘tirib, “Yaxshi, biz rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojlariga javob berishimiz kerakligini bilamiz”, deydi”, - dedi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!