OAV: AQSh COVID-19 kelib chiqishini tekshirishda davom etmoqda, Xitoy esa jarayonga to‘sqinlik qilmoqda

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi COVID-19'ning kelib chiqishini tekshirishda davom etmoqda.
Bu haqda AQShning ABC News telekanali ma’lum qildi.
Agentlik matbuot kotibi Tammi Kuppermanning aytishicha, tergovlarda jiddiylik, halollik va xolislik saqlanib qoladi.
Nashrning yozishicha, virusning kelib chiqishi haqida turli versiyalar mavjud va hozircha bir ovozdan qaror qabul qilingani yo‘q: “AQSh razvedkasi va xalqaro sog‘liqni saqlash organlari hali aniq bir xulosaga kelmagan. Agar Pekin COVID'ning kelib chiqishi haqidagi tergovni tanqid qilmasa, yanada aniqroq natijalarga erishish mumkin."
Eslatib o‘tamiz, 2019-yildan boshlab COVID-19 butun dunyo bo‘ylab tez tarqala boshladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)