Nyu-Yorkda Donald Tramp tug‘ilgan uy 2,3 million dollarga sotuvga qo‘yildi

A A A
Nyu-Yorkda Donald Tramp tug‘ilgan uy 2,3 million dollarga sotuvga qo‘yildi

Nyu-York shahrida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp hayotining ilk yillarini o‘tkazgan uy sotuvga qo‘yildi. Bu uy Queens tumanidagi Jamaica Estates hududida joylashgan bo‘lib, 1940 yilda Trampning otasi Fred Tramp tomonidan qurilgan. Donald Tramp bu yerda 1946 yil 14 iyunda tug‘ilganidan to‘rt yoshgacha yashagan.

Mazkur uy bir necha bor egasini o‘zgartirgan. 2016 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida investor Maykl Devis uni 1,39 million dollarga sotib olgan va bir yil o‘tib uni 2,14 million dollarga xitoylik ayolga qayta sotgan.

Bir necha yil davomida bo‘sh turgan va, qo‘shnilarning aytishicha, 30 tacha ko‘cha mushuklari yashagan uy keyinchalik developer Tommi Lin tomonidan sotib olingan. U bino fasadini va qadimiy pechini saqlab qolgan holda to‘liq restavrasiya qilgan hamda zamonaviy texnika bilan jihozlagan.

Endilikda 232 kvadrat metr maydonga ega yangilangan uy yana sotuvga qo‘yildi. Narxi — 2,3 million dollar yoki taxminan 1,98 million yevro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.