Nyu-Xempshirdagi kasalxonada otishma sodir bo‘ldi

Nyu-Xempshirdagi kasalxonada otishma sodir bo‘ldi

Amerikaning Konkord shahridagi (Nyu-Xempshir shtati) shifoxonada otishma sodir bo‘ldi.

Bu haqda shtat polisiyasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Ofiserlar Konkorddagi Nyu-Xempshir kasalxonasida yuz bergan otishmani tergov qilmoqda. Ko‘plab qurbonlar bor", - deyiladi polisiya bayonotida.

Keyinroq NBC gumonlanuvchining o‘lganini ma’lum qildi: “Vaziyat nazorat ostida, shifoxonadagi barcha bemorlar xavfsiz”, — deya aniqlik kiritdi OAV.

185 o‘rinli muassasa o‘tkir ruhiy kasalliklar shifoxonasi hisoblanadi. Kasalxona o‘z xavfsizligiga ega va tashrif buyuruvchilar metall detektorlardan o‘tishlari kerak. Dastlabki versiyaga ko‘ra, gumonlanuvchi binoga qurol olib kirishga uringan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!