NYT: Rossiya Yevropada yashirin sabotaj kampaniyasini kuchaytirdi

NYT: Rossiya Yevropada yashirin sabotaj kampaniyasini kuchaytirdi

G‘arb razvedka xizmatlari Rossiyaning Yevropada Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishga qaratilgan sabotaj hujumlari soni ortganini qayd etmoqda, deb yozadi The New York Times.

Nashrga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmatlari asosan turli ob’ektlarda o‘t qo‘yishni uyushtirishgan. Ular orasida Angliyadagi omborxona, Polshadagi bo‘yoq zavodi, Latviyadagi uylar va Litvadagi IKEA mebel do‘koni bor. Shu bilan birga, Rossiya foydasiga ishlashda gumon qilinayotganlar AQShning Yevropadagi harbiy bazalariga hujum qilishni ham rejalashtirgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!