Nosvoy sog‘liq uchun zararmi?

Nosvoy sog‘liq uchun zararmi?

Markaziy Osiyo, Janubiy va g‘arbiy Osiyo hamda Xitoy va Rossiyaning ayrim hududlarida “Nosvoy” tabaka mahsuloti iste’mol qilinib kelinadi.
 
Nosvoy – tabaka va boshqa kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlardan tayyorlanadi. Nosvoyning nos, nas, nas va ays kabi nomlari ham bor.
 
Eng ko‘p iste’mol qiladigan xalqlar asosan Markaziy Osiyo mintaqasida uchraydi.  “Grandtabak” distribyuter assosiyasining 2004 yilda bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston mamlakatlaridan Rossiyaga 67 tonnaga yaqin (tahminan 16,5 ming dollar) nosvoy mahsuloti kirib kelgan. Nosvoyning “gutka” (angl. gutka) nomli turi asosan Hindiston va Nepal davlatlarida tayyorlanidi va iste’mol qilinadi.
 
Bir nechta davlatlar tomonidan nosvoy narkotik moddalar va psixotrop vositalar ro‘yxatiga kiritilib, foydalanish taqiqlangan.
 
Jumladan, 2008 yil Turkmanistonda, 2011 yil Qozog‘istonda va 2013 yil Rossiyada iste’mol qilish, tayyorlash, sotish va sotib olish qonun bilan taqiqlangan. 
 
Shunga qaramay Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari fuqarolari migrant sifatida borgan davlatlarda nosvoy mahsulotining yashirin savdosi kuzatiladi.
 
Jumladan, AQSH, Germaniya, Belarus, Estoniya va Ukraina mamlakatlaridagi tungi klublarda nosvoy mahsulotlarini iste’mol qiluvchilarni uchratish mumkin.
 
Tadqiqotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo xalqlari orasida onkologik kasallikka chalingan bemorlarning 80 foizi muntazam nosvoy mahsuloti iste’mol qilib kelgan.
 
Nosvoy mahsulotining Snyus, Snaff va Betel kabi turlari ham keng tarqalgan.
 
Umuman olganda nosvoy mahsulotini iste’mol qilish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!