Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, tadbir davomida Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi, 1982, 1984 va 1996 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro qonunga xilof ravishda jami og‘irligi 475 gr. tashkil qilgan 2 bo‘lak oltin quymalarni xaridorga 737 mln so‘mga sotishga kelishib, olindan 500 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra, 994 asillik darajasidagi ushbu oltin quymalarning sof og‘irligi 472 gr bo‘lib, umumiy qiymati 740,4 mln so‘mni tashkil etadi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🔔Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxslarning 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, ulardan biri hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.