Nodirbek Abdusattorov xitoylik kuchli grossmeysterni mag‘lub etdi

Nodirbek Abdusattorov xitoylik kuchli grossmeysterni mag‘lub etdi

Germaniyada shaxmat bo‘yicha "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turnirining asosiy bosqich bahslari boshlandi.

Musobaqada dunyoning 8 nafar kuchli grossmeysteri ishtirok etmoqda.

Mazkur turnirda qatnashayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov kecha saralash bahslarini 1-o‘rinda yakunlagani haqida xabar qilgandik.

U bugun asosiy bosqich bahslarida (chorak finalda) xitoylik Ding Lirenga qarshi dona surdi va g‘alabaga erishdi.

Ertaga ular o‘rtasida javob o‘yini o‘tkaziladi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib yarim finalga yo‘l oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!