Nodirbek Abdusattorov FIDE Jahon kubogida fransiyalik taniqli grossmeysterni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Nodirbek Abdusattorov FIDE Jahon kubogida fransiyalik taniqli grossmeysterni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Rossiya Federasiyasining Sochi shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi FIDE Jahon kubogi tobora qizg‘in tus olmoqda.

Jahon kubogining 1/32 final bosqichida yosh grossmeysterlarimiz Jahongir Vohidov, Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida o‘zlaridan ancha yuqorida turgan nomdor grossmeysterlarga qarshi munosib dona surishdi.

Jumladan, Javohir Sindarov ushbu bosqichda perulik Xorxe Korini 1,5:0,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/16 final bosqichiga yo‘l oldi.

Nodirbek Abdusattorov esa fransiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri bilan ikkala partiyada ham durang o‘ynadi. Bugun shaxmatchilar o‘zaro hal qiluvchi tay-brekda to‘qnash kelishdi. Unda Nodirbek dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri bo‘lgan Anish Girini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Jahongir Vohidov esa 1/16 final yo‘lidagi ilk bahsda rossiyalik Pavel Ponkratovni mag‘lubiyatga uchratgandi. Ikkinchi partiyada esa Ponkratovning qo‘li baland keldi, yakuniy natija – 1:1. Tay-brekda ham Pavel Ponkratovga omad kulib boqdi va Jahongir ortga qaytadigan bo‘ldi.

22-iyul kuni boshlanadigan 1/16 final bosqichida Nodirbek Abdusattorov ozarbayjonlik Vasif Durarbayli bilan keyingi bosqich masalasini hal etsa, Javohir Sindorov jahon kubogining 1/8 finali yo‘lida polshalik Piroun Kasperning qarshiligini yengib o‘tishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalar joriy yilning 5-avgustiga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!