Nobiometrik pasportlarning muddati tugashiga 19 kun qoldi: O‘zbekistondagi pasport tizimi tarixiga nazar

A A A
Nobiometrik pasportlarning muddati tugashiga 19 kun qoldi: O‘zbekistondagi pasport tizimi tarixiga nazar

Toshkent shahar IIBB kecha alohida ogohlantirish bilan chiqib, 2019 yil oxirigacha eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarni biometrik pasportga almashtirmaganlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi, 1-qismiga ko‘ra 111 500 so‘mdan 669 000 so‘mgacha jarimaga tortilishini eslatdi.

Eski namunadagi (nobiometrik) pasport mustaqil O‘zbekiston tarixida joriy etilgan shaxsni tasdiqlovchi ilk hujjat bo‘lib, u 1992 yil 13 noyabrda Vazirlar Mahkamasining 533-son qarori bilan kuchga kirgan, qarorga mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov imzo chekkan edi.

Ushbu qarorga ko‘ra, pasport blankasini tayyorlash uchun Germaniyaning “Gezike va Devriyent” firmasidan asbob-uskunalar olib kelingan; o‘sha paytgacha amalda bo‘lgan SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda pasport sistemasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1974 yil 28 avgustdagi 677-son qarori bekor qilingan.

Mustaqil O‘zbekiston fuqarolariga yangi pasport berishning aniq muddati esa 2 yildan keyin, mamlakatning o‘sha kezdagi prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 23 dekabrdagi PF-1027-son farmoni bilan belgilangan:

4. “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom” amalga kiritilsin va 1995 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga pasportlar berish, shuningdek bosqichma-bosqich almashtirish ta’minlansin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlarini almashtirish 2000 yilning 1 yanvarigacha nihoyasiga yetkazilsin.

Birinchi navbatda 16 yoshga to‘lgan, muddati o‘tib ketgan pasporti bo‘lgan, familiyasi, ismi-sharifini yoki millatini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan taqdirda, shuningdek pasportni yo‘qotgan va chet elga jo‘nab ketiladigan hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini berish ko‘zda tutilsin.

Demak, eski namunadagi (nobiometrik) pasport fuqarolarga 1995 yil 1 yanvar kunidan berila boshlagan. Ungacha esa SSSR davrida berilgan pasportlar (xalq tilida “qizil pasport”) amalda bo‘lgan.

2011 yil 5 yanvarda esa prezidentning yana bir, PF-4262-sonli farmoni bilan O‘zbekistonda biometrik pasport joriy etildi va eski namunadagi (nobiometrik) pasportning amal qilish muddati 2015 yil 31 dekabrida tugashi belgilab qo‘yildi.

Ushbu yangi shakl va ko‘rinishdagi pasportning eskisidan bir qator afzalliklari bor edi:

1. Biometrik pasportda eskisidan farqli ravishda pasport egasining surati uning varag‘idan bo‘rtib chiqib turmaydigan bo‘lib, aksincha, varaqning ichiga chop etish usulida kirg‘izib yuborildi. Bu esa uning qalbakilashtirilishiga qarshi yaxshi himoya bo‘ldi.

2. Biometrik pasportda betlar soni 32 tadan 36 taga oshdi, xorijga ko‘p safar qiluvchilar buning ahamiyatini yaxshi biladi.

3. Eski namunadagi pasport faqat 16 yoshdan boshlab berilar, undan kichik yoshdagi shaxslar (bolalar) xorijga chiqishi kerak bo‘lib qolsa, ularning 3x4 hajmdagi rasmi yoki ota-onasining, yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning pasportiga tikilib, ostiga ismi-sharifi yozilib, ustiga muhr urilib, keyin safar qilishga ruxsat berilar edi. Bu esa bunday tizimdan bexabar xorij mamlakatlari chegaralaridagi pasport nazorati bo‘limlarida muammo tug‘dirardi. Biometrik pasport esa yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ham beriladigan bo‘ldi – faqat 5 yil muddatga. Xorijga chiqishi kerak bo‘lgan bolalarning pasporti ular toki 16 yoshga to‘lgunga qadar har 5 yilda yangilab turiladi.

4. Eski namunadagi (nobiometrik) pasport tabiiy holatda insonga umri davomida 3 marta berilar-almashtirilardi: 16 yoshga to‘lganida, 25 yoshga to‘lganida va 45 yoshga to‘lganida. 45 yoshga to‘lgan fuqaroga pasport cheksiz muddatga (XXX) berilar, bu ham xorij davlatlarida ba’zi tushunmovchiliklarga sabab bo‘lardi. (Pasport yo‘qolganida, yaroqsiz holga kelganida va viza uchun mo‘ljallangan varaqlari to‘lib qolganida almashtirish, yangisini olish holatlari bundan mustasno). Biometrik pasport esa yuqorida aytganimizdek, agar zarur bo‘lsa bola tug‘ilganidanoq har 5 yilga beriladigan, 16 yoshdan keyin esa xalqaro standartga muvofiq har 10 yilda yangilab, almashtirib turiladigan bo‘ldi.

Biometrik pasport rasman joriy etilganida uni 2011 yilning ikkinchi yarmidan berish boshlanishi haqida aytilgandi. Ammo bu amaliyot faqat 2012 yil yanvaridagina boshlandi. 2014 yil 1 iyulidan boshlab esa xorijga chiqishni istagan fuqarolar faqat yangi biometrik pasport bilangina safar qilishlari mumkinligi haqidagi qoida kuchga kirdi.

Eski namunadagi pasportning amal qilish muddati 2015 yilning 31 dekabrida tugashi kerak edi. Biroq Davlat personallashtirish xizmatining tuman IIBlari qoshidagi bo‘limlari 2012-2015 yillar davomida O‘zbekistonning pasport yoshidagi fuqarolariga to‘liq ravishda yangi biometrik pasportni berib ulgurmadi. Har bir tuman “pasport stoli”da kuniga 150 nafargacha fuqaroga pasport berilganiga qaramay o‘sha paytda hamon bir necha hafta (viloyatlarda esa bir necha oy) keyinga pasport olish uchun yozilgan navbatlar mavjud edi.

2015 yil 6 noyabr kuni “Ozodlik radiosi” saytida “nobiometrik pasportlarning amal qilish muddati kamida 2016 yilning 31 dekabriga qadar cho‘zilishi, chunki aholining 40%i hali yangi pasport olishga ulgurmagani” haqida ma’lumot chiqdi. Ammo 2015 yil 10 noyabrda Kun.Uz nashriga intervyu bergan Chilonzor tumani IIB Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari “Unday gap yo‘q, ko‘rib turibsiz, odamlar yangi biometrik pasport olish uchun hujjatlarni bir kunning o‘zida rasmiylashtirib ketishyapti, 2015 yilning 31 dekabrigacha barcha biometrik pasport olishga ulgurishi mumkin”, deya yuqoridagi xabarni rad etdi.

Lekin oxir-oqibatda “Ozodlik” haq bo‘lib chiqdi: 1) avvalo 2019 yil noyabrining ikkinchi yarmida ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkentning Olmazor tumanida keyingi yil yanvar oyi oxiriga navbat tarqatilyapti. Bu yilga navbat tugabdi", degan izohlar paydo bo‘ldi. Agar bu ma’lumotga tayanilsa, 2015 yil oxirigacha barcha fuqarolar yangi biometrik pasport olishining mutlaqo imkoni yo‘q – chunki O‘zbekistonda ilk biometrik pasportlar aynan shu, Olmazor tumanida berib boshlangani uchun boshqa hududlar haqida gapirishga hojat ham yo‘q edi; 2) 2015 yil 19 dekabrda esa eski namunadagi (nobiometrik) pasportni yangisiga almashtirish muhlati avval ishora qilinganidek 2016 yil 31 dekabrgacha emas, naq 2,5 yil keyin – 2018 yil 1 iyulgacha kechiktirildi.

2018 yil may oyida mobil telefonlarga Ichki Ishlar Vazirligidan matnli ogohlantirishlar kela boshladi: “Hurmatli fuqaro, eski namunadagi (nobiometrik) pasportning amal qilish muddati 2018 yil 30 iyunda tugaydi. Jarima to‘lamaslik uchun o‘z vaqtida biometrik pasport olishingizni so‘raymiz”.

Ammo 2018 yilning 5 iyulida axborot nashrlari Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanaliga tayanib, yangi xabar tarqatdi: “Eski pasportlarni biometrigiga almashtirish muddati 2019 yil 31 dekabrga qadar davom etadi”. Shu tarzda bu jarayon yana 1,5 yilga cho‘zildi. Sabab o‘sha-o‘sha: O‘zbekiston aholisi so‘nggi 2,5 yilda ham to‘liq ravishda biometrik pasport olib ulgurmadi.

Orada 2019 yil 1 yanvarda eski namunadagi (nobiometrik) va biometrik pasportlarga yopishtiriladigan “dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun” ruxsat beruvchi stiker (xalq tilida “OVIR”) bekor qilinib, uning o‘rniga 48 betli, qizil rangli, 10 yil muddatga beriladigan (16 yosh va undan kattalarga berish shartlari biometrik pasportniki bilan bir xil) xorijga chiqish pasporti joriy etildi. Ta’kidlash kerakki, ayni pasportni joriy etish ilg‘or qadam bo‘ldi, uni olish uchun talab qilinadigan hujjatlar soni ham keskin kamaytirildi. 2019 yil 22 may kuni xorijga chiqish pasportini olish uchun topshiriladigan ariza-anketaning yangi shakli tasdiqlandi. Unga ko‘ra endi avvalgidek 4 varaqni egallgan 16 ta band o‘rniga, atigi 1 varaqqa sig‘dirilgan 11 ta bandni to‘ldirish kifoya qiladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, shu 1 varaq ariza-anketa fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining o‘zida to‘ldiriladigan, avvalgidek mahalla idorasi, ish joyi yoki boshqa rasmiy idoralardan uni tasdiqlab, muhr bostirib kelish talab qilinmaydigan bo‘ldi.

Yuqorida O‘zbekistondagi pasport tizimi tarixiga qisqacha nazar tashladik. Shu o‘rinda yana eslatib o‘tamiz: eski namunadagi (nobiometrik) pasportni biometrik pasportga almashtirish muddati tugashiga 19 kun qoldi. Bu safar muddat yana cho‘zilishiga asos yo‘qdek. Shuning uchun o‘zingiz yoki yaqinlaringiz haligacha eski pasportni yangisiga almashtirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, shu kunlarda harakat qilib qoling. Zero, buning uchun to‘lanadigan jarimani yangi biometrik va xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov qilib, o‘z foydangizga ishlatsangiz bo‘ladi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi

Эдмонто шаҳрида бўлиб ўтган Канада ва Ўзбекистон миллий жамоалари ўртасидаги ўртоқлик ўйини якунига етди.

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Rossiya bilan munosabatlarimiz o‘zgarish arafasida – Pashinyan

Европа Иттифоқи ва Евроосиё иқтисодий иттифоқи ўртасидаги танлов муқаррар бўлиб қоладиган лаҳзагача биз Евроосиё иқтисодий иттифоқида фаолиятимизни давом эттирамиз.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.