Nobel mukofotini olgan «noloyiq» laureatlar
1. Genri Kissinjer (1973), AQShning sobiq davlat kotibi.
Kissinjer Shimoliy Vetnam vakili Le Duk Tho bilan «Vetnam urushini tugatishga urinishlari» uçun mukofotni olishgan edi, ammo bu muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
U muzokaralar paytida Xanoyni bombardimon qilishga ruxsat bergani uchun tanqid qilingan.
2. Aung San Su Chi (1991), Myanmaning sobiq rahbari.
Su Chi «Myanmada demokratiya uchun kurashii» sababli mukofot olgan edi.
Biroq, ikki yil o‘tgach, u Myanmada rohinja musulmonlariga qarshi genosidga sheriklikda ayblandi, birinchi oyning o‘zida 6.000 dan ortiq odam o‘ldirilgan.
3. Shimon Peres (1994), bosqinchi isroilning sobiq prezidenti.
Peres «Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha birgalikdagi say-harakatlari uchun» taqdirlangan edi.
Biroq, u Falastin va Livanda yuzlab tinch aholining qirib yuborilishini, jumladan BMT bazasini bombardimon qilinishini nazorat qilgan.
4. Barak Obama (2009), AQShning sobiq prezidenti.
Obama ushbu mukofotni «xalqlar o‘rtasidagi xalqaro diplomatiya va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan say-harakatlari uchun» olgan edi.
Uning prezidentligi Yaqin Sharqdagi mojarolarga barham bera olmadi va u 2016 yilda yetti mamlakatda 26.000 dan ortiq dron hujumlariga ruxsat berdi.
5. Piter Handke (2019), yozuvchi
Handke «inson tajribasini til zukkoligi bilan o‘rgangani uchun» taqdirlangan edi.
Biroq, u 1992-1995 yillarda Bosniya serblari tomonidan 8.000 dan ortiq musulmon o‘ldirilgan genosidni inkor etgani bilan tanildi.