Nissan kompaniyasi 2021 yilda 1,6 milliard dollar foyda ko‘rdi

Nissan kompaniyasi 2021 yilda 1,6 milliard dollar foyda ko‘rdi

Yaponiyaning Nissan avtomobil ishlab chiqaruvchi kopaniyasi 2021 moliya yili yakunida (2022 yil 31 martda yakunlangan) 215,5 milliard iyen (taxminan 1,6 milliard dollar) foyda oldi. Hisobot payshanba kuni kompaniya saytida e’lon qilindi.

"Nissan" kompaniyasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, foyda “xarajatlarni qat’iy nazorat qilish va global sotuvlar sifatini yaxshilash” bilan bog‘liq.

Nissan oldingi ikki moliyaviy yilni zararlar bilan yakunladi - 448,7 milliard iyen (taxminan 3,4 milliard dollar) va 671,2 milliard iyen (taxminan 5,2 milliard dollar).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!