Nishon tumani va Samarqand shahrida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlarining oldi olindi

Nishon tumani va Samarqand shahrida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlarining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tuman bo‘limi va viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati shug‘ullanib kelayotgan B.N. boshqa bir fuqaro B.ga jami 10 000 AQSh dollarini 109,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati shug‘ullanib kelayotgan A.V. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro A.ga 32,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!