Nima uchun Toshkentda issiqlik tarifi qayta ko‘rib chiqilishi zarur?

Nima uchun Toshkentda issiqlik tarifi qayta ko‘rib chiqilishi zarur?

"Veolia Energy Tashkent" Toshkentda issiqlik tariflari oshirilishi sabablari va bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Xalq deputatlari shahar Kengashining yig‘ilishida 1 avgustdan vazifasiga kirishgan "Veolia Energy Tashkent" bosh direktori Sevara Pardayeva issiqlik energiyasi tariflarini oshirish rejalari bo‘yicha ma’lumotni muhokama va tasdiqlash uchun taqdim etdi.

Taqdimot brifing formatida, kelib tushgan savollarga javoblar bilan o‘tdi. Asosiysi — tariflarning oshishi sabablari — ob’ektiv xususiyatga ega bo‘ldi.

2025 yil 1 maydan gaz va elektr energiyasi tariflari oshirildi, 2025 yil 15 iyundan sotib olinadigan issiqlik narxi ko‘tarildi.

Issiqlik ta’minoti kompaniyasi uchun tarifni qayta ko‘rib chiqish – aslida issiqlik ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga issiqlik yetkazuvchi distribyutor sifatida – tabiiydir. Energiya tashuvchilar narxining o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:

  • gaz – 20%; .
  • elektr energiyasi – 11%;
  • sotib olinadigan issiqlik – 13%.
Shu bilan birga, issiqlik ta’minoti tarifi atigi 7,1% ga oshirilmoqda – 1 Gkal uchun 664 465 so‘mdan 711 641 so‘mgacha. Aholi uchun tarif 15% ga oshadi – 1 Gkal uchun 121 617 so‘mdan 139 860 so‘mgacha va bu ishlab chiqarish tannarxidan ancha past.

Hozirgi paytda issiqlik ta’minoti xizmati davlat tomonidan subsidiyalanadi. Amaldagi tarif bo‘yicha 18% iste’molchilar tomonidan to‘lanadi va 82% davlat subsidiyalari hisobidan qoplanadi. Hozirda bu yo‘nalish mahalliy byudjetning eng katta subsidiyalanadigan yo‘nalishlaridan biridir. 2025 yil oktyabr oyida tarif oshirilgach, nisbat quyidagicha bo‘ladi: aholi umumiy tarifning 19,7% ini to‘laydi, davlat subsidiyalari esa umumiy tarifning 80,3% ini qoplaydi.

Davlat strategiyasi 2030 yilgacha issiqlik ta’minotini 100% subsidiyalashni to‘xtatishga qaratilgan. Ushbu strategiya 2021 yilda Veolia Group kompaniyasi bilan imzolangan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosiga qo‘yilgan. Tasdiqlangan moliyaviy modelga ko‘ra, aholi uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqish har yili 30% miqdorida amalga oshirilishi kerak edi, biroq turli ijtimoiy sabablarga ko‘ra bu jarayon kechikib bormoqda. Faqatgina 2024 yilda issiqlik ta’minoti tarifi yil davomida ikki marta 15% dan qayta ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, kompaniya uchun tarif o‘zgarishsiz qolib, optimallashtirish jarayonlari hisobiga 2 yil davomida xizmat narxini oshirmasdan ushlab qolishga muvaffaq bo‘lindi.

Byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun tarif

Davlat subsidiyalarini bosqichma-bosqich qisqartirish Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 17 yanvardagi № 03/1-3480-sonli topshirig‘iga muvofiq amalga oshiriladi. Bu – byudjet yukini kamaytirish va xarajatlarni iste’molchi toifalari o‘rtasida adolatli taqsimlash siyosatining bir qismidir.

Byudjet muassasalari uchun tarifning +18,8% ga oshishi (801 963 so‘mdan 952 797 so‘m/Gkal gacha) energiya resurslari narxining oshishi hamda imtiyozlarning qisqarishi bilan bog‘liq. Bu holda yuridik iste’molchilarga qo‘shimcha moliyaviy yuk tushmasligi uchun byudjet muassasalari tarifi shu darajada belgilangan. Bunday yondashuv issiqlik ta’minoti tizimida muvozanatni saqlashga: biznes xarajatlarining keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.
Yuridik shaxslar uchun tarif ilgari ishlab chiqarish tannarxidan ancha past edi – 244 497 so‘m/Gkal. Uni +40% ga (342 296 so‘m/Gkal gacha) oshirish — boshqa toifalar bilan narxlarni bosqichma-bosqich tenglashtirish va kross-subsidiyalashni kamaytirishga qadamdir. Kross-subsidiyalashda bir iste’molchilar guruhi boshqa guruh xarajatlarining bir qismini qoplaydi.

Kelgusida byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun tariflar bosqichma-bosqich tenglashtirilib, yagona o‘rtacha darajaga yaqinlashadi. Bu issiqlik energiyasi to‘lovida iste’molchi toifalari o‘rtasidagi nomutanosiblikni kamaytiradi, shahar byudjeti yuklamalarini yengillashtiradi va xarajatlarning adolatli taqsimlanishini ta’minlaydi.

Kompaniya nega boshqa kommunal tashkilotlarga qaraganda tarifni kamroq oshirmoqda?

Birinchi va eng muhim omil – issiqlik yo‘qotishlarni kamaytirish. 2022 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda issiqlik yo‘qotishlar 44,3% darajadan 33,4% gacha kamaytirildi. Ushbu kamayishning 97% quyidagilar hisobiga ta’minlandi: qozonlarni kapital ta’mirlash, issiqlik izolyasiyasini almashtirish, joriy ta’mirlash ishlari, avariya shikastlarini bartaraf etish (22%), eskirgan quvurlarni almashtirish (70%) va nasos stansiyalarini kapital ta’mirlash (5%). Shuningdek, kompaniya boshqa ishlab chiqarish va ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun mablag‘lardan oqilona foydalanadi, ichki byudjetlarga cheklovlar joriy etadi va optimallashtirish jarayonlarini amalga oshiradi.

Nega shaharda ko‘p qazish va uzoq davom etgan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda?

Bugungi kunda issiqlik tarmoqlarining taxminan 68% modernizasiyani talab qiladi va kompaniya ularni yangilash bo‘yicha kompleks dastur amalga oshirmoqda. Solishtirish uchun: 2021 yilda bu ko‘rsatkich 71,8% edi va Veolia kelishidan oldin eskirish foizi faqat oshib borgan. Kompaniya kelgach, modernizasiyani talab qiladigan tarmoqlar ulushi kamayishni boshladi.

Biroq, issiqlik tarmoqlarining uchdan ikki qismi hali ham almashtirilishi kerakligini, shuningdek, tabiiy eskirish tufayli har yili bu hajm ortib borayotganini hisobga olsak, erishilgan natijani muhim va sezilarli qadam sifatida baholash mumkin.

2022 yil iyulidan 2025 yilgacha "Veolia Energy Tashkent" issiqlik ta’minoti ob’ektlarini modernizasiya va ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda:

Quvurlarni almashtirish. 2022 yilda 39,4 km quvur almashtirildi. 2023 yilda — 66 km. 2024 yilda — 82 km. 2025 yilda 73,5 km quvurni almashtirish rejalashtirilgan. Umumiy hajm — 187,4 km.

Quvurlar issiqlik izolyasiyasini yangilash. 2022 yilda 11,4 km izolyasiya tiklandi. 2023 yilda reja 19 km bo‘lib, amalda 31,7 km bajarildi. 2024 yilda reja 34 km bo‘lib, amalda 47 km yangilandi. 2025 yilda 21,5 km rejalashtirilgan. Umumiy hajm — 90,1 km.

Mahalliy qozonxonalarda qozonlarni kapital ta’mirlash. 2022 yilda 3 ta qozon ta’mirlandi. 2023 yilda — 27 ta, 2024 yilda — 29 ta. 2025 yilda 23 ta qozon ta’mirlash rejalashtirilgan. Umumiy hajm — 59 ta qozon.

Nasos stansiyalarini kapital ta’mirlash. 2022 yilda 1 ta stansiya ta’mirlandi. 2023 yilda — 6 ta, 2024 yilda — 12 ta. 2025 yilda 13 ta stansiya ta’mirlanadi. Umumiy hajm — 19 ta nasos stansiyasi.

2022–2024 yillarda kompaniya reja asosida olib borgan ishlar tufayli 225 mln m³ gaz, 49,6 mln kVt·soat elektr energiyasi, 29,3 mln m³ issiq suv tejab qolindi.

2025–2026 yillarga rejalari: 474,13 km eskirgan uchastkalarni joriy ta’mirlash va almashtirish. Avariya holatlariga tezkor javob berish uchun kecha-kunduz ishlaydigan dispetcherlik xizmati faoliyat yuritadi. Shuningdek, 73,5 km issiqlik tarmoqlarini kapital ta’mirlash, 21,34 km issiqlik izolyasiyasini tiklash, 23 ta mahalliy qozonxonani va 13 ta nasos stansiyasini modernizasiya qilish, 669 ta zulfin va 345 ta kompensatorni almashtirish rejalashtirilgan.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha ishlar issiqlik ta’minoti sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ammo, issiqlik ta’minoti tizimi katta kapital sarmoyalarni talab qiladigan holatda bo‘lib, ular qisqa muddatda amalga oshirilishi mumkin emas va yaqin 10 yilga mo‘ljallangan modernizasiya dasturlarida belgilangan. Bu esa yildan yilga ortib borayotgan avariya holatlarini bartaraf etishga tayyor turish yukini oshiradi. Shu sababli kompaniya o‘z byudjet va rejalarida avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha harakatchanlikni oshirish, pudrat tashkilotlari bilan ishlashni yaxshilashni, ularning ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilishni ko‘zda tutadi.

Nega shaharni mahalliy qozonxonalarga o‘tkazib bo‘lmaydi?

Mahalliy qozonxonalar masalasi gazdan samarali va tejamkor foydalanish bilan chambarchas bog‘liq. Aholi zich yashaydigan hududlarda mahalliy qozonxonalar samarali emas, biroq shaharning ayrim tumanlarida hozirgi yirik qozonxonalar o‘z quvvatining yarmida ishlamoqda, bu esa samarasizdir. Bunday hududlarda shaharning aniq qismlari uchun samaraliroq va tejamkorroq bo‘lgan bir nechta mahalliy qozonxonalarga o‘tish rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, 9 ta yirik issiqlik markazlari issiqlik ishlab chiqaruvchi «Toshkent issiqlik markazi» MCHJ ga, bitta markaz esa «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» AJ ga tegishlidir. Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 90% issiqlik energiyasini (issiq suv ta’minotini) ushbu issiqlik ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi va poytaxt aholisiga issiq suvni yetkazib beradi. Kompaniyaning tasarrufidagi qozonxonalar umumiy hajmni 10% ni ta’minlaydi xolos.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.