"Nima uchun ruslar Ukraina poytaxtini "qora tush"ga aylantirgan bir paytda Moskva aholisi dam olishadi?" — Kiyev meri

"Nima uchun ruslar Ukraina poytaxtini "qora tush"ga aylantirgan bir paytda Moskva aholisi dam olishadi?" — Kiyev meri

Meduza nashri Kiyev meri Vitaliy Klichkoning kechagi so‘zlariga e’tibor qaratmoqda. Klichko 29 may oqshomida Kiyevga hujumlari kuchayib borayotganini televideniye orqali izohlar ekan, Ukraina Bosh shtabi rahbari Valeriy Zalujniyga savol yo‘lladi:

"Men tushunolmaydigan bir narsa bor va bu savolni janob Zalujniyga berishim mumkin. Ruslar Ukraina poytaxtini "qo‘rqinchli tush"ga aylantirayotgan bir paytda nega Rossiya poytaxti Moskva aholisi dam olishadi? Shunday ish qilish kerakki, ularning har biri Kiyev deyarli bir yarim yildan beri boshdan o‘tkazayotgan shunday sharoitda yashash nimani anglatishini his qilsin".

30 may kuni ertalab Moskvaga uchuvchisiz samolyotlar hujum qildi. Dronlar turar-joy binolariga zarba berdi. Rasmiylarga ko‘ra, ikki kishi shifokorlarga murojaat qilgan.

Shuningdek, 30 mayga o‘tar kechasi Kiyevga hujum uyushtirildi (bir sutkada uchinchi marta). Dronning vayronalari ko‘p qavatli binoga zarar yetkazgan, natijada bir kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizilgan.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!