Nihoyat! Messi "Inter Mayami"da o‘zining eng sevimli raqamida o‘ynaydi

Nihoyat! Messi "Inter Mayami"da o‘zining eng sevimli raqamida o‘ynaydi

Argentinalik hujumchi Lionel Messi "Inter Mayami"da o‘zining sevimli 10-raqami ostida o‘ynaydi. Aynan «o‘nlik» bilan Messi «Barselona»da muvaffaqiyatga erishdi. Biroq Parijda bu raqamni Neymar band qilgani uchun Lionel 30-raqam ostida o‘ynashga majbur bo‘lgandi.

Clarín xabariga ko‘ra, "Inter Mayami" argentinalik futbolchining yangi jamoasida qulay bo‘lishini ta’minlash uchun Messiga 10-raqam ajratgan. Shu bilan birga, klub rahbariyati “birinchi o‘nlik”ni kimdandir tortib olishi shart emas edi – bu raqam band emasdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 iyun kuni Messi faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettirishi ma’lum bo‘ldi. “Inter”ning taklifini qabul qilishdan avval “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibi “Barselona” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari takliflarini rad etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!