Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan o‘quvchi qizlar ozod qilindi

Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan o‘quvchi qizlar ozod qilindi

26 fevralda Nigeriya shimolida o‘g‘irlab ketilgan 317 nafar o‘quvchi qiz 28 fevralda ozod qilindi. Bu haqda Vanguard nashri xabar berdi. 

Qizlarning ozod qilinishi uchun qancha pul to‘langani noma’lum.

Qizlar Zamfara shtatining Jangebe shahridagi qizlar uchun mo‘ljallangan maktab-internatdan o‘g‘irlab ketilgan. Noma’lum kimsalar xavfsizlik xizmati xodimlari kiyimida maktabga avtomobil va motosikllarda kelishgan. So‘ngra qizlar tashqariga chiqishga va mashinalarga o‘tirishga majburlanib, noma’lum yo‘nalishda olib ketilgan.

Federal xavfsizlik kuchlari bo‘linmalari va polisiya 3 kun davomida qidiruv ishlarini olib borgan. Bu orada shtat ma’muriyati qizlarning ozod qilinishi yuzasidan mahalliy jamoalar bilan muzokaralar olib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!