Niderlandiya Kiyevga harbiy yordam sifatida 2 milliard yevro ajratadi

Niderlandiya Kiyevga harbiy yordam sifatida 2 milliard yevro ajratadi

Niderlandiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga 2 milliard yevro miqdorida yangi yordam paketi yuborilganini ma’lum qildi. Bu haqda harbiy departamentning rasmiy saytida aytildi.

"Bu miqdor Ukraina ehtiyojlarini qoplaydi. Bu, masalan, o‘q-dorilar va allaqachon yetkazib berilgan platformalar va tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatishga tegishli. Shu tariqa, Niderlandiya Ukrainaning havo mudofaasini kuchaytirishga hissa qo‘shmoqchi, shunda mamlakat muhim infratuzilmaga hujumlardan himoyalanishda davom eta oladi. Texnologik jihatdan ilg‘or uskunalarga ham ehtiyoj bor", — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mamlakat harbiy rahbariyati 2024 yilda Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining avval boshlangan o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirishga va’da bermoqda.

"Niderlandiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Biz aniq signal yubormoqdamiz: Ukraina bizga ishonishda davom etishi mumkin" - deb tushuntirdi Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollongren.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!