Neymar «PSJ»ni tark etib, Braziliyaga yo‘l oldi

Neymar «PSJ»ni tark etib, Braziliyaga yo‘l oldi

«PSJ» klubi rahbariyati koronavirus epidemiyasi tufayli o‘yinchilarga Fransiyani tark etishga ruxsat berdi.

Futbolchilar kasallikdan himoyalanish maqsadida qaysi joyda izolyasiyalanishni o‘zlari tanlash imkoniyatiga ega edilar. Ayrim o‘yinchilar Parijda qolishgan bo‘lsa, Neymar va Tiago Silva Braziliyaga yo‘l olishdi.

Liga 1 kamida 15 aprelga qadar to‘xtatilgan. «PSJ» chempionatda yaqin ta’qibchidan 12 ochko ilgarilab ketgan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!