Neymar muxlisning yuziga zarba berdi, ammo...

Neymar muxlisning yuziga zarba berdi, ammo...

"PSJ" hujumchisi Neymar aprelda ishqiboz bilan bo‘lgan mojaro yuzasidan bo‘ladigan suddan qutulib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda Fransiya kubogi finalida "Renn"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:2, pen. 5:6) muxlisga zarba bergandi. Kumush medallarni topshirish tomon yo‘l olgan Neymar "Renn" muxlisining unga nisbatan haqoratli so‘zlarini eshitdi. Natijada futbolchi uning iyagiga urdi. Avgust oyida Fransiyada muxlis braziliyalik futbolchini sudga bergani ma’lum bo‘ldi.

"Ouyest-France" xabariga ko‘ra, prokuratura futbolchini yozma ogohlantirish bilan cheklanishga qaror qilgan. Bu Neymarga qarshi hech qanday jinoiy ish ochilmasligini anglatadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!