Indoneziya o‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab iPhone 16 ni sotishni taqiqlagandi, gap shundaki, bu smartfonlar mobil qurilmalardagi kontentning 40 foizi mamlakatda ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan tartibga rioya qilmagan.
Apple uchun bu qaror og‘riqli zarba bo‘ldi, chunki Indoneziya kompaniyaning eng yirik bozorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda 277 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi, ularning aksariyati 45 yoshgacha bo‘lganlardir. Indoneziyaliklarning o‘rtacha yoshi 30 yosh.
Bu Indoneziyani dunyodagi eng yirik iste’mol bozorlaridan biriga aylantiradi, mamlakatda 354 million faol mobil qurilmalar mavjud.
Bundan tashqari, boshqa davlatlar ham Indoneziyadan o‘rnak olishlari va ishlab chiqarish yetarli darajada mahalliylashtirilmagani sababli kompaniyaning yangi smartfonini sotishni to‘satdan taqiqlashga qaror qilishlari mumkin.
❔ Kompaniya bunga qanday javob berdi?
Shu sababli Apple Indoneziya rasmiylariga pora berishga qaror qildi: kompaniya AirTag geo-mayoqlarini mahalliy ishlab chiqarishga 1 milliard dollar sarmoya kiritishni taklif qildi. Biroq, Indoneziya sanoat vazirligi 8 yanvar kuni bu smartfon kontentini mahalliylashtirish talablarini qondirish uchun yetarli emasligini aytdi.
"Sanoat vazirligi bugungi kunga qadar Apple mahsulotlari, ayniqsa iPhone 16 uchun mahalliy kontent sertifikatini berishga asosga ega emas", dedi Indoneziya sanoat vaziri Agus Gumivang Kartasasmita.
Apple dastlab 10 million dollar sarmoya kiritishni taklif qildi, keyin esa taklifni 100 million dollarga oshirdi, biroq hukumat bu summalar kompaniyaning Indoneziyadagi savdosi bilan solishtirganda juda kichik ekanligini aytdi. Apple kompaniyasining hozirgi 1 milliard dollarlik taklifi ham yetarli emas deb topildi.
Nega Jakarta bunga qarshi?
Indoneziya hukumati Apple 'dan ko‘proq sarmoya so‘ragan. Apple'ning mamlakatda to‘rtta dasturchilar akademiyasi mavjud bo‘lsa-da, kompaniyaning ishlab chiqarish ob’ekti yo‘q.
Kartasasmita tushuntirganidek, Indoneziyaning savdo qoidalari mahalliy sanoatni himoya qilishga va xorijiy kompaniyalarni mamlakat ichida ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga jalb qilishga qaratilgan.
Biroq, ba’zi tanqidchilar qoidalar xorijiy kompaniyalarni, ayniqsa, mahalliy mahsulotlar har doim ham mavjud bo‘lmagan elektronika kabi sohalarda kamsitilishini ta’kidlaydilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.
Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Таҳлилчиларнинг таъкидлашича, Хитой Ҳинд-Тинч океани минтақасида ўз авиабазаларини мустаҳкамлаш ва жанговар самолётларини диверсификация қилиш бўйича АҚШга қараганда тезроқ ишламоқда.
Бу ҳақда у Оқ уйда ўз маъмуриятининг юқори мартабали ходимлари билан фавқулодда ҳолат оқибатларини бартараф этиш чоралари муҳокама қилинган учрашувда айтиб ўтди, деб ёзади “ТАСС” .
Чилининг Кокимбо ва Араукания ҳудудларида жойлашган миллий боғлар ўрмон ёнғинларига қарши кураш доирасида икки кунга ёпилади, деб хабар берди БиоБиоЧиле.
АҚШ президенти Жо Байден украиналик ҳамкасби Владимир Зеленскийни АҚШнинг Украинани қўллаб-қувватлаши ўзгармаган ва давом этмоқда, деди Оқ уй матбуот котиби Карин Жан-Пер 10 январь куни журналистларга.
Доналд Трамп маъмурияти ўз ҳаракатлари Жо Байден даврида АҚШ қўшинларининг Афғонистондан олиб чиқиб кетилиши билан таққосланиши мумкинлигидан хавотирда.