Nega e’tiqodli odamdan hayiqamiz?

A A A
Nega e’tiqodli odamdan hayiqamiz?

Odamzod uchun hayotda eng qimmatli narsa nima? Boylikmi? Yo‘q! Hayotga razm solsangiz, boylik baxt kaliti bo‘lolmasligiga ishonch hosil qilasiz. Boylik topgan-u, ammo umr mazmunini topa olmay halak yurgan davlatmandlar qancha atrofimizda…

Mansabmi? Bu ham emas. Amal insonga baxt ato eta olmasligiga ham hayotiy misollar yetarli. Qolaversa, eskilar mansab va amalni bir lahza boshga qo‘nib o‘tadigan baxt qushiga o‘xshatgani ham bejizmas. Obro‘, shon-shuhrat deb atalgan, xayolimizni har dam o‘g‘irlaydigan arzonbaho marralar ham aslida umrimiz mazmunini belgilab bera olmaydi. Unda, inson uchun eng qadrli boylik nima dersiz...

Lev Tolstoyni yaxshi bilasiz. Ha, o‘sha bo‘y baravar kitoblari bilan jahonga tanilgan, «Urush va tinchlik», «Anna Karenina»lari bilan tilga tushgan mutafakkir yozuvchi. Tolstoyning hayoti xuddi asarlari kabi ibratga to‘la. Agar baxt deganlari boylik, izzat va davlat bilan ma’nodosh bo‘lganida edi, Lev Tolstoy o‘zini kurrai zaminning eng saodatmand kishisi deb baralla e’lon qilmog‘i mumkin edi. Badavlat, buning ustiga kimsan aslzoda graf, soyasiga salom beradiganlar son mingta! 

Yaratgan obro‘-e’tiboru iste’doddan ham qismagan, butun rus jamiyatida aytgani aytgan, degani degan. Ammo hayotdan lazzatlanish uchun shuncha imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, Lev Tolstoy umri davomida nimadir yetishmayotgani, to‘kis hayotida nedir bir kamchilik borligini his qilib yashadi. O‘sha – hayotini kemtik qilib turgan narsani sarosar qidirdi, tunu kun izladi. Tolstoy bobo eng qadrli deya butun umr qidirgan va alaloqibat topishga muvaffaq bo‘lgan boylik... e’tiqod edi.

Har kuni turfa fe’l-atvor, turli tiynatdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lamiz. Shunday insonlar borki, o‘z fikri va qarashiga ega, atrofdagilarni ham ortidan ergashtira oladi. Shamol qayoqdan essa, shu tomonga egilib ketavermaydi, buqalanmundek tovlanmaydi, tuslanmaydi. Bukiladi, ammo sinmaydi! Boshiga qilich kelsa-da, o‘z e’tiqodida sobit turadi. Bunday insonlar ko‘p emas, degan e’tirozingiz o‘rinli. Lekin omadingiz chopib, shunday sobitqadam kishi bilan suhbatlashib qolsangiz, o‘zingizni tetiklashgandek his qilasiz, undan hayotiy quvvat olgandek bo‘lasiz. Bu – inson uchun suvu havodek zarur e’tiqodning kuchi va jozibasi!

Taassufki, besh qo‘l barobar emas. Eng qadrli ma’naviy bisotini ham sotishga tayyor, «qulluq» va «xo‘p bo‘ladi»ni sevimli shior deb bilgan odamlar bilan ham yuzma-yuz so‘zlashishga to‘g‘ri keladi. Ular bilan suhbatlashganda esa ko‘nglingiz g‘ashlanadi. Agar ozroq bo‘sh kelsangiz, ulardagi zararli mikrob yuqishi ham hech gap emas. Bu endi e’tiqodsizlik, subutsizlikning asorati, bemisl kulfati.

Bir ziyoli insonni bilaman. Topgani qora qozonini qaynatishga arang yetadi, ammo shunda ham qo‘li ochiq, saxovatpesha, o‘zi yemasa-da, do‘stlarga ilinadi. Kambag‘al bo‘lsa-da, nafsi va ko‘zi to‘q, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, omonatdor. Noma’qul qilmishlar sodir etganda vijdonga «suv cepish» vositasi bo‘lib qolgan «yashash uchun kurash» qoidasidan kelib chiqcak, u harom yo‘l bilan bo‘lsa-da, muhtojlikka barham berishi kerak. Biroq u pokiza halqumini bulg‘amaydi. O‘zi ehtiyojmand bo‘lsa-da, xohishlar ustidan hukm yurgiza olgan bu mard inson aynan e’tiqoddan kuch olayotir.

E’tiqodni o‘ziga xos taroziga qiyoslash mumkin. Yo‘q, u bizga boylik yoki boshqa moddiy buyumlarni o‘lchab bermaydi. U bizga amalga oshirayotgan ishlarimizning qimmatini baholash, yaxshi va yomon, oq va qora sarhadlarini belgilashda ko‘maklashadi.

E’tiqod – insonni tutib turgan ichki ustun. U bo‘lmasa, odam qulaydi deyavering! E’tiqodsiz kishini yengishdan osoni yo‘q. E’tiqodsiz insonning ko‘ngli o‘g‘ri urgan xonadondek huvillab yotadi va bu dunyoda undan-da notavon, baxti qaroni topib bo‘lmas.

Psixologlar «individ» deb ataydigan odamni hazrati inson maqomiga ko‘taradigan barcha fazilatlar e’tiqod asosiga quriladi. E’tiqod vujudimiz daraxtining ildizi bo‘lsa, ijobiy fazilatlar uning shoxchalari.

E’tiqod insonga aql bovar qilmas kuch beradi. Sizu bizga ramaqijondek tuyulgan e’tiqodli kishi fildek kuchga ega, ammo imon-ishonch ne’matidan mosuvo barzangidan qudratliroq. E’tiqodli insonni qo‘rqitish, do‘q-po‘pisa, majburlov kuchi bilan u ishongan ezgu g‘oyadan qaytarib bo‘lmaydi. Agar e’tiqodliman deb da’vo qilayotgan odam majburlov tufayli undan voz kechsa-chi? Bilingki, unda hali e’tiqod shakllanmagan, ishonch qaror topmagan. Negaki, e’tiqodli odam har qanday holatda ham o‘z qarashlariga sodiq qoladi. Ammo bunday kishilar ayni shu fazilatlari uchun ko‘p ozor chekishlari ham – achchiq haqiqat.

«Er Quyosh atrofida aylanadi» deya ilmda inqilob yasagan olimlardan biri italiyalik Jordano Bruno edi. Odamzodning tabiati qiziq-da, o‘ziga yoqmagan fikr eshitsa, darrov bo‘g‘gisi keladi, boshqalarning fikriga toqat qilishga jasorati yetmaydi. O‘sha paytda – 1590-yillarda ham «Er aylanadi» degan fikr asrlar davomida hukmron bo‘lib kelgan daqqi qarashlarga to‘g‘ri kelmas edi. Shu sababli Jordano Bruno 1592 yilning may oyida shakkoklikda ayblanib, hibsga olinadi. 

U to‘qqiz yil davomida qamoqxonada ayovsiz qiynoqlar, xo‘rliklar iskanjasida qoladi. Ilmga to‘g‘anoq bo‘lgan bir to‘da ruhoniy niqobidagi shaxslar qat’iyatli olimning irodasini sindirish va qarashlaridan voz kechishga majburlash uchun barcha qiynoqlarni ishga soladilar. Lekin Bruno o‘z e’tiqodiga sodiq qoladi. Jasur donishmand o‘tda kuydirib, qatl etishga hukm qilinadi. Olim gulxanga tashlanadi. O‘shanda ham u «O‘tda yoqmoqlik – inkor etmoqlik emas!» deya o‘z qarashlariga sodiq holda jon taslim qiladi.

Yoki hassos adibimiz Abdulla Qodiriyning jasoratini eslang. Zo‘ravonlikka asoslangan, tanasi qon bilan sug‘orilgan yovuz tuzumning shotirlari uning boshida qilich o‘ynatib turganida ham, ming bir qiynoq usullarini qo‘llaganida ham, jonidan voz kechsa kechdiki, hayotiy a’moli deb bilgan e’tiqodidan voz kechmadi. «Men haqiqat uchun boshi ketsa «ih» deydigan yigitlardan emasman» degan edi qo‘rquv bilmas adib o‘z qarashlarini, millat va yurt erki yo‘lidagi sa’y-harakatlarini oqlar ekan. Qodiriy maslagiga xiyonat qilmadi, e’tiqodiga ters ish tutmadi.

Ijodda ham, e’tiqodda ham Abdulla Qodiriy bo‘lish mushkul, juda ham mushkul. Hamma ham Jordano Bruno kabi e’tiqodga sadoqat ko‘rsata olmaydi. Ammo ulug‘ insonlar ibrati baribir bizlarni ham ezgu ishlarni sabot bilan davom ettirishga undashi tayin.

Uchqundan qo‘rqqan temir bo‘lmaydi, deydi qadimgilar. Keling, biz ham o‘zimizni taftish qilib ko‘raylik. Xo‘sh, to‘g‘ri e’tiqodda yashayapmizmi? Agar ushbu savolga ijobiy javob olsangiz, do‘ppingizni osmonga oting. Qoniqarli javob ololmasangiz, zudlik bilan hayotning asl mazmunini qidirishga kirishing. Aks holda, donishmandlardan biri ogohlantirgan noxush hodisa yuz beradi: ezgu e’tiqodga ko‘ra yashamayotgan bo‘lsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz!

S.Salim


Manba: Xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

Eron oliy rahbarining salomatligi haqida xabar berildi

Бу ҳақда ISNA Эрон ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Fransiya vakillari Moskvaga tinchlik taklifi bilan keldi, ammo rad javobini oldi

Financial Times нашрининг хабар беришича, Франция президенти Эммануэль Макроннинг миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчилари — Эммануэль Бонн ва Бертран Бухвальтер февраль ойида Москвага Украина бўйича тинчлик музокаралари таклифи билан ташриф буюрган.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Putin AQShga “kelishuv” taklif qildi

Россия президенти Владимир Путин АҚШга разведка соҳасида “келишув” таклиф қилди. Унга кўра, Москва Эронга разведка маълумотларини узатишни тўхтатиши эвазига Вашингтондан Украинага разведка ёрдамини тўхтатиш талаб қилинган.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

“Ko‘r g‘azab” operasiyasi...

Британиянинг The Economist журнали, АҚШнинг Эронга ҳужумини, киноя қилиб, “Кўр ғазаб” операцияси деб атади.

«Dushman rejasi amalga oshmadi, xalq qarshilik ko‘rsatdi» – Eron oliy rahbari

Эрон олий раҳбари Оятуллоҳ Мужтаба Хоманаий АҚШ ва Исроил билан давом этаётган можаро фонида навбатдаги мурожаатини эълон қилди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.