"Neftchi" Superliga chempionligiga yana bir qadam yaqinlashdi
Superliga 27-turida "Neftchi" o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Farg‘onaliklar safida Zoran Marushich dubl muallifiga aylandi. Termizliklarning yagona javob golini Behruz Karimov kiritdi.
"Neftchi" ochkolarini 60 taga yetkazib turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi.
"Surxon" 28 ochko bilan 12-o‘rinda.
Superliga. 27-tur
2 noyabr, yakshanba, 15:00, «Istiqlol» (Farg‘ona)
Neftchi - Surxon - 2:1
Gollar: Zoran Marushich - 21 (1:0), Zoran Marushich - 59 (2:0), Behruz Karimov - 71 (2:1).
Neftchi: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikromjon Alibayev, Abrorbek Ismoilov (Bilolxon Toshmirzayev,82) Vladimir Yovovich (Alisher Odilov,62), Jamshid Iskanderov, Anvarjon G‘ofurov, Muxsinjon Ubaydullayev, Yovan Jokich, Zoran Marushich (Silvanus Nimeli, 78), Farruh Sayfiyev
Surxon: Dilshod Yo‘ldoshev, Behruz Karimov, Nodirxon Ne’matxonov, Jamaliddin Hojaniyazov, Behzod Shamsiyev, Rustam Turdimurodov, Nodir Abduxoliqov, Muhammad Ali Abdurahmonov, Javohir Jo‘rayev (Sarvar Abduhamidov,84), Asilbek Jumayev (Asadbek Karimov,61), Sunnatilla Poyonov (Behruz Shukurullayev, 84)
