Navro‘z bayramida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi
Navro‘z bayramida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.
✅ Shuningdek, favqulotda vaziyatlarning oldini olish uchun 3 ming nafardan ortiq zahira guruhi tashkil etilgan.
✅ Bayram tadbirlari respublika hududida 219 ob’ektda o‘tkazilishi belgilangan.
✅ Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda bayram tadbirlari o‘tkazilishiga hamda ushbu joylardagi nosoz attraksionlar va boshqa o‘yin qurilmalarning ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazoratga olingan.
✅ Har bir tabdir ob’ektida mahalliy hokimlik, sog‘liqni saqlash va boshqa idora va tashkilotlar vakillarining navbatchiligi tashkil etilgan.
✅ Ochiq joylarda xalq sayillari o‘tkaziladigan joylarning atrof-hududlari jismonan, texnik va maxsus vositalar bilan to‘liq to‘sish choralari ko‘rilishi belgilangan.
✅ Shuningdek bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan vaqtda elektr-energiya, gaz, suv, obodonlashtirish va boshqa mutasaddi tashkilotlar har qanday vaziyatga shay holatda bo‘lish choralari ko‘rilgan.
