Navoiyda yo‘lovchilarga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 10 kunga qamaldi (video)

Navoiyda yo‘lovchilarga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 10 kunga qamaldi (video)

Navoiy shahrida 10 mart kuni yo‘nalishsiz taksi haydovchisi markaziy dehqon bozori hududidan 2 nafar yo‘lovchini manziliga yetkazib qo‘yish uchun mashinasiga o‘tqizib, ularga shilqimlik qilishga uringan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Taksi haydovchisi yo‘lovchilarga behayo so‘zlarni gapiravergani sabab ular yarim yo‘lda tushib qolishga qaror qilgan va bu haqda IIB xodimlarini ogohlantirgan.

«Taksichilik orqasidan oilamni boqaman. Yangi bozor atrofida kirakashlik qilib yurganimda bir-ikki ayol chiqdi. Ayollar bilan ozroq hazillashib, uyatsiz so‘zlarni aytdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Meni kechirishlarini so‘rayman», — deydi taksi haydovchisi.

Shuningdek, u o‘ziga o‘xshagan taksichilarni mijozlarga xushmuomala bo‘lishga chaqirgan.

Muomala madaniyatini unutgan haydovchiga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!