Navoiyda fuqaro echkisi ko‘chatga shikast yetkazgani uchun jarimaga tortildi

Navoiyda fuqaro echkisi ko‘chatga shikast yetkazgani uchun jarimaga tortildi

Tomdi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro S.Tga tegishli bo‘lgan bir boshli echkisi tomonidan “Sharq” OFYda joylashgan “Sharq bog‘dorchilik” shirkati hududida kuz mavsumida ekilgan bir dona daraxt ko‘chatiga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajasigacha shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming so‘m jarima va 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!