Navoiyda 2 nafar soliqchi pora olayotganda ushlandi

Navoiyda 2 nafar soliqchi pora olayotganda ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida soliq idorasi xodimlari tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati davlat soliq idorasi xodimlari Z.A. va B.SH. hududdagi MCHJlardan biriga qarashli kafeda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 10 000 AQSh dollari talab qilgan. Ular 2022 yil 18 noyabr kuni Navoiy shahrida kelishilgan puldan 9 000 dollarini MCHJ rahbaridan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Holat yuzasidan Z.A. va B.SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Prokuratura bayonotiga ko‘ra, jinoyat ishi yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!