O‘FA futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Navbahor lochinlari”, «Neftchi», «So‘g‘diyona», “Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol klublarining murabbiylar, futbolchilar va xodimlar oldidagi qarzdorligini bartaraf etishi uchun muddat belgilandi.
O‘FA hamda O‘zPFL klublarning futbolchi, murabbiy va mutaxassislar oldidagi majburiyatlari, shartnomada belgilangan vazifalarni to‘liq bajarishga mas’ul ekanini eslatib o‘tadi. Afsuski ba’zi klublarda shartnoma shartlarini buzish, maoshlar to‘lovini kechiktirish bilan bog‘liq vaziyatlar uchrab turibdi. Bunday holatlarni bartaraf etish, FIFA tomonidan jiddiy choralar ko‘rilishining oldini olish maqsadida Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi, futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislarning murojaatlari asosida “Navbahor lochinlari”, «Neftchi», «So‘g‘diyona», “Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol klublarining ish haqi va boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi masalasi ko‘rib chiqildi.
“Navbahor lochinlari” futbol klubi murabbiylar, asosiy jamoa, futzal jamoasi va ayollar jamoasi futbolchilari oldida qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. «Neftchi» futbol klubining asosiy jamoa va ayollar jamoasi a’zolari oldida, shuningdek, «So‘g‘diyona» futbol klubining ayollar jamoasi a’zolaridan hamda «Lokomotiv» futbol klubidan transfer shartnomasi bilan bog‘liq qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Birinchi liga musobaqasida qatnashuvchi “Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol klubi ham futbolchilariga bir necha oydan buyon ish haqi va boshqa to‘lovlarni to‘lamasdan kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qayd etilgan qarzdorliklarni joriy yilning 14 fevral kuniga qadar bartaraf etish yuzasidan muddat belgilandi. Mazkur qarzdorliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda tegishli futbol klubiga nisbatan jiddiyroq choralar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.