NATO Rossiya bilan urushayotgani yo‘q – Fransiya TIV

NATO Rossiya bilan urushayotgani yo‘q – Fransiya TIV

Fransiya va NATO Rossiya bilan urushmayapti. Bu haqda payshanba kuni respublika Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan brifingda aytildi.

"Biz bir necha bor takrorlaganimizdek, biz Rossiya bilan urushmayapmiz. NATO bo‘yicha hamkorlar Rossiya bilan urushayotgani yo‘q. Eskalasiya faqat Rossiya tomonida kuzatilmoqda", dedi Fransiya TIV vakili.

Shu tariqa, u Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bayonotining bema’niligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

Unga ko‘ra, Kiyevga harbiy samolyotlarning ehtimoliy yetkazib berilishi keskinlashuvga olib kelmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!