NASA Marsdan tosh namunalarini arzon narxlarda olib kelish yo‘lini qidirmoqda

NASA Marsdan tosh namunalarini arzon narxlarda olib kelish yo‘lini qidirmoqda

NASA Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi Marsdan tosh va tuproq namunalarini arzon narxlarda olib kelish usuliga ega.

NASA rahbari Bill Nelson konferensiyada so‘zga chiqib, 2040 yilga kelib namunalarni yetkazib berishning umumiy qiymati 8 dan 11 milliard dollargacha bo‘lishini aytdi.

Uning qayd etishicha, mazkur loyihani amalga oshirishning turli variantlari baholanmoqda.

«Biz Marsdan namunalarni qaytarish loyihasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshqa ilmiy loyihalarni e’tiborsiz qoldirmoqchi emasmiz. Bizga yangi va yorqin g‘oyalar kerak», dedi Nelson.

U NASA loyihani tez va arzon narxda amalga oshirish uchun har bir bo‘linmaning yangi g‘oyalariga ochiqligini ta’kidladi.

NASA ilmiy missiyasi direktori Niki Foks ham Yerga yetkazilgan namunalar astronavtlarning 2040 yilda Marsga borishiga yordam berishi mumkinligini aytdi.

Ayni paytda, NASAning Perseverance roveri Marsdagi Jezero krateri havzasida qadimiy ko‘l borligini tasdiqlagani va u yerdan 24 ta namuna to‘plagani ma’lum.

Marsdan tosh namunalarini yetkazib berish NASAning eng qiyin vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun yuqori budjetli kosmik kemalar ceriyasidan foydalanish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!