Narendra Modi Trampning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti

A A A
Narendra Modi Trampning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi AQSh prezidenti Donald Trampning so‘nggi haftalardagi qo‘ng‘iroqlariga to‘rt martacha javob bermadi.

Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri manbasiga ko‘ra, Modi Vashingtonning Hindiston iqtisodiyoti haqidagi tanqidlari hamda hind tovarlariga 25 foizlik qo‘shimcha boj joriy qilgani uchun ochiqchasiga ranjigan.

Shu qaror bilan 27 avgustdan boshlab AQShga Hindistondan olib kiriladigan mahsulotlarga umumiy boj stavkasi 50 foizga yetadi. Nyu Dehlida bu choralar «haqsiz va asossiz» deb baholangan va Hindiston Amerika bosimiga qaramay Rossiya neft mahsulotlarini xarid qilishni davom ettirgan.

FAZ ma’lumotiga ko‘ra, yangi tariflar kuchga kirishidan oldin AQSh delegasiyasi Hindistonga savdo muzokaralari uchun tashrif buyurishi kerak edi, biroq bu tashrif bekor qilingan.
Trampning yaqinda Pokiston bilan munosabatlarni rivojlantirish istagi va bu mamlakat bilan yarashuv e’lon qilishi ham Nyu Dehlida norozilikka sabab bo‘lgan.

Bu Vashingtonning Hindistonni «Hind-Tinch okeani alyansi»da Xitoyni cheklashda asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rish konsepsiyasiga zarba berdi, deb ta’kidlaydi Nyu Yorkdagi Hindiston-Xitoy instituti hamdirektori Mark Freyzer.

Freyzerga ko‘ra, Hindiston Xitoyni to‘xtatish majburiyatini o‘z zimmasiga olishni istamaydi, chunki ikki davlat o‘zaro strategik manfaatlarga ega va Xitoy sarmoyalari Hindiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Vashington bilan tortishuvlar fonida Modi yetti yil ichida ilk bor Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif yakunlari bo‘yicha Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi ikki mamlakat chegarasini delimitasiya qilish bo‘yicha muzokaralar boshlashda kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон през