Namanganga uchayotgan samolyot bortidagi homilador ayolni to‘lg‘oq tutgani uchun Toshkentga qo‘ndirildi

Namanganga uchayotgan samolyot bortidagi homilador ayolni to‘lg‘oq tutgani uchun Toshkentga qo‘ndirildi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘nishga sabab tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qildi.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!