Namanganda “Moskvich-412” va velosiped to‘qnashuvi ayanchli yakun topdi

Namanganda “Moskvich-412” va velosiped to‘qnashuvi ayanchli yakun topdi

2021-yil 10-oktyabr kuni soat 14:20 larda, Namangan shahar “Nurafshon” MFY, Uychi ko‘chasida, Chortoq tumanida yashovchi, 1989-y.t. fuqaro “Moskvich-412” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1978-y.t. fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 10-oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!