Namanganda Koreya davlatiga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda Koreya davlatiga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yil 10 mart kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil aprel oyida pochchasi uning ishonchiga kirib, o‘g‘lini Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 6.400 AQSh dollari olib, hozirgi kunga qadar Koreya davlatiga ishga yubormay, pullarini qaytarib bermayotganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!