Namangan viloyatida KIA Bongo va MAN yuk mashinalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2020 yil 8 oktyabr kuni soat 14:30 larda Namangan–Pungon yo‘lining 62-kilometrida Namangan shahrida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro KIA Bongo rusumli avtomashinasini boshqarayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.
Oqibatda haydovchi yo‘lning o‘ziga nisbatan qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, Pungon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Uychi tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada KIA Bongo rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2020 yil 15 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.