Namanganda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Namanganda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. “Daryo”ning IIV matbuot kotibiga tayanib, xabar berishicha, hodisa 26 maydan 27 mayga o‘tar kechasi viloyatning Uchqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Bir necha fuqarolar kompyuter klubida janjal keltirib chiqargan. Ichki ishlar organlari xodimlari chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan. Chaqiruvga asosan kelgan xodimlarga fuqarolar qarshilik ko‘rsatgan.

Shu sababli yigitlar qonuniy tartibda tuman IIBga olib kelinib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimning qonuniy talabini bajarmaslik) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!