Namanganda ham ichimlik suvi borasida muammo yuzaga keldi

Namanganda ham ichimlik suvi borasida muammo yuzaga keldi

Bugun 11 yanvar kuni, “Paxtaliko‘l” suv uzatish  inshootida   D-1000 mm.li  yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bӯlganligi sababli mazkur inshoot faoliyati soat 10:00 dan boshlab vaqtinchalik tӯxtatildi. Bu haqda “Namangan suv ta’minoti”  MCHJ axborot xizmati xabar berdi.

Buning natijasida Namangan shahrining Oromgox dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Go‘zal, Chamanzor, Minchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgox, Mehnatobod,  Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi. 

Hozirda  “Namangan suv ta’minoti” MCHJ Namangan shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun  “Namangan suv ta’minoti”  MCHJ  ma’muriyati iste’molchilardan uzr so‘radi.

Ma’lumot uchun, oldinroq Andijonda ham ichimlik suvi borasida muammo paydo bo‘lgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!