Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p qavatli uyda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari chog‘ida yollanma ishchi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 25 sentyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «Vodiy» MFY Ipakchi ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘p qavatli uyda baxtsiz hodisa yuz bergan. Texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida ob’ektda yollanma ishchi sifatida ishlayotgan Uychi tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroni elektr toki urgan, fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Aniqlanishicha, marhumda elektr travma, organizmning umumiy aspeksiyasi, o‘ng qo‘l chap kafti uchi yuzasida elektr tamg‘a ko‘rinishidagi jarohatlar kuzatilgan va ular fuqaroning o‘limiga olib kelgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.