Namanganda 21 yoshli qiz tanish yigiti uni zo‘rlaganini aytdi

Namanganda 21 yoshli qiz tanish yigiti uni zo‘rlaganini aytdi

2021 yil 26 avgust kuni Uychi tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro M.X. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yil 05 avgust kuni Uychi tumanida yashovchi tanishi 1999 yilda tug‘ilgan X.M. unga uylanishini aytib aldab, Yangiqo‘rg‘on tumani "Nanay" qishlog‘iga olib borib, u yerdagi xonadonlardan biriga olib kirib, o‘sha yerda zo‘rlab nomusiga tekkanligini, hozirda uylanishdan bosh tortib kelayotganligini ma’lum qilib, X.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

08.09.2021 yildagi xulosada M.X.: tan jaroxatlari topilmaganligi, oradan uzoq muddat o‘tganligi sababli buzilish muddatini aniqlashning imkoni yo‘qligi, hozirda xomilador emasligi ko‘rsatilgan.

Ushbu xolat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan vaqtda, ariza muallifi M.X. fuqaro X.M. bilan 2018 yilning yoz oylarida tanishib, bir-birlarini yaxshi ko‘rib qolishganligi, shu kunga qadar sevishib, gaplashib yurib, doimiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lib kelishganligi, M.X.da zo‘rlab nomusiga tegish bilan bog‘liq tan jarohati topilmaganligi, 2021 yil avgust oyida X.M. bilan birga turmush qurish yuzasidan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab urishib qolganligi, o‘sha vaqtda X.M. uni turli xil uyatli so‘zlar bilan xaqorat qilganligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv yakunida to‘plangan hujjatlarga asoslanib, X.M.ning harakatlarida JKning 118-moddasi va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi asosi bilan

05.11.2021 yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish va X.M.ga MJtKning 41-moddasi bilan ma’muriy chora ko‘rish haqida qaror qabul qilingan.

Ushbu ma’muriy ish Uychi tuman sudi tomonidan 28.11.2021 yil kuni ko‘rib chiqilib, fuqaro X.M. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy xisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!