Namanganda 19 yoshli qiz 3 kun bedarak yo‘qoldi

Namanganda 19 yoshli qiz 3 kun bedarak yo‘qoldi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 11 sentyabr kuni soat 04:30 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmay, bedarak yo‘qolgan,  Namangan tumanida yashovchi 19 yoshli qiz Namangan shahar Go‘zal mavzesida yurganligi aniqlanib, oila-a’zolariga topshirildi.

Namangan viloyati IIB xabariga ko‘ra, kelgusida bu kabi holat sodir bo‘lmasligi uchun qizning ota-onasi va o‘zi bilan profilaktik suhbat olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!